Dell ikkita monitorli va mutlaqo o‘zgacha konstruksiyali noutbuk tayyorlayapti!

  •   DiMaX
  •  607
  •  04.01.2019 15:08

Dell ikkita monitorli va mutlaqo o‘zgacha konstruksiyali noutbuk tayyorlayapti!

Turli ishlab chiqaruvchilar noodatiy dizaynga ega noutbuklar ustida ham ishlar olib borishmoqda. Masalan, Lenovo kompaniyasi «o‘raladigan» noutbuk konseptini namoyish etgan.

O‘QING: Samsung Flash – nostandart dizaynli noutbuk namoyish etildi (+video)

Dell kompaniyasi esa g‘alati form-faktorga hamda ikkita to‘laqonli ekranga ega noutbuk uchun patent oldi.

Information Handling System with Multiple Detachable Displays deb nomlanuvchi patentda yozilishicha, uning ikkita displeyi ishlab turgan holida ham yaxlit konstruksiyaga yig‘ib qo‘yilishi mumkin.

O‘QING: Eng ishonchli noutbuksozlar reytingi e’lon qilindi

Ushbu noutbuk yig‘ilgan holatida klaviaturali blok o‘rtada, ikkala ekran esa uning ikki yonida qoladi. Yoyilganida bo‘lsa foydalanuvchi mazkur noutbukning har ikkala displeyini o‘ziga qaratib yoki ulardan bittasini narigi tomonga qaratib ham qo‘yishi mumkin.

Dell bu mahsulotining texnik xususiyatlarini hamda displey o‘lchamlarini hozircha ma’lum qilmayapti.

O‘QING: Noutbuk savdosida sizni qanday aldashadi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!