DELL INSPIRON 11 (3168) transformeri: ikkitasi birda

DELL INSPIRON 11 (3168) transformeri: ikkitasi birda

Joriy yilning iyul oyida Dell kompaniyasi Inspiron turkumidagi 3 ta transformer leptop (11, 15 i 17-dyuymli modellar)ni yangiladi.

Shulardan biri Dell Inspiron 11 (3168) noutbuki bo‘lib, u juda qulay, yorqin qurilmadir. Keling, uning imkoniyatlarini sinchiklab o‘rganib chiqamiz.

Texnik tavsifi

Protsessor: Intel Pentium N3710 1600 MGs
Operativ xotira: 4 GB DDR3L 1600 MGs
Ma’lumotlar saqlash: 500 GB HDD 5400 rpm
Displey: 11.6″ 1366×768 WXGA LED, jilosiz, sensorli
Videokarta: Intel HD Graphics 405 (Braswell)
Uzatma: mavjud
Simsiz aloqa: Wi-Fi 802.11b/g/n, Bluetooth 4.0
Audio: Waves MaxxAudio, 2 dinamika
Interfeyslar: USB 3.0, 2xUSB 2.0, HDMI, kardrider microSD, qo‘sh audiotuynuk
Qo‘shimcha: 0.9 Mp veb-kamera
Batareya: 2-seksiyali 32 Vts
Hajmi, vazni: 291.6x201.9x20.9 mm, 1.39 kg
Operatsion tizimi: Windows 10 Home 64-bit

Dizayn

Yorqin ko‘rinishga ega alvon-qizil rangli Dell Inspiron 11 (3168) arzon va unchalar mustahkam bo‘lmagan plastik bilan qoplangan. Yetarli maxanik himoya bilan ta’minlanmagani sabab, kuchli bosimda bukilib ketadi. Tabiiyki, buni ko‘pchilik cho‘ntakbop ekani bilan izohlashga urinadi.

“Qayriluvchan” guruh vakili bo‘lgan leptop 2 ta yirik ilmoqqa ega bo‘lib, ular qopqoqning 360 darajada ko‘tarilish imkonini beradi. Shuningdek, bir lahzada standart noutbukda planshetga aylanadi. Bundan o‘ziga xoslik ko‘pgina foydalanuvchilarning e’tiborini tortishi mumkin.

Noutbukning vazni 1.39 kg va o‘lchami 291.6x201.9x20.9. O‘z toifasiga ko‘ra, bir oz og‘irroq tuyulishi mumkin. Biroq transformatsion texnologiya qurilmaga bir oz vazni qo‘shishi tabiiy hol.

Displey, ovoz, veb-kamera

Dell Inspiron 11 (3168) noutbuki 11.6-dyuym sensorli displeyga ega va uning o‘lchami 1366x768 piksel bo‘lib, ekran jilosiz qoplamali. Umuman olganda, ixcham ekran uchun yetarli.

Displeyli matritsa yuqori sifati bilan ajralib turmaydi. Bu haqida burchaklar ko‘rsatkichining chegaralangani, yorqinlik va ranglar uzatmasidagi aniqlikning kamligi (RGB bo‘yicha bor yo‘g‘i 51 foiz) va past darajadagi qarama-qarshilik yetarlicha taassurot uyg‘ota oladi.

Ta’kidlanganidek, apparat 360 darajagacha qayriladi. Ammo ishlab chiqaruvchilar ana shunday holatda ekranning tasviri doimiy aniq va tiniq holda qolishi haqida qayg‘urmagan. Aytish kerakki, bunda tachskrin sezuvchanligi va yorqinlik ham pasayadi.

Noutbukning audiotizimi Waves MaxxAudio tandemi mahsuloti va ikkita dinamik klaviatura ostiga joylashtirilgan. Ovoz yetarli darajada baland bo‘lib, unda bir necha ovoz o‘zgartishlar rejimi mavjud. Bu boradagi imkoniyatlarga +3 baho qo‘yish mumkin. Ya’ni o‘rtacha, bassiz, planshetga xos daraja.

Dell Inspiron 11 (3168) noutbuki 0.9-Mp veb-kameraga ega va Skype orqali bilan videoaloqa uchun yetarli darajada.

Klaviatura va tachpad (sensorli panel)

Transformer noutbuk klaviaturasi o‘tkir qop-qora rangda va yorqin qizil-rang bilan ajoyib qarama-qarshilik yuzaga keltirgan. Tabiiyki, foydalanish uchun ixcham va qulay. Biroq kuchliroq bosimda tez egilib ketishi mumkin.

Klikpad o‘lchami jihatdan yetarlicha yirik va ushlab ko‘rganda g‘adir-budirligi seziladi.

Tachpadning sezuvchanlik darajasi o‘rtacha va barmoqning barcha harakatlari ham aniq amalga oshmaydi.

Unumdorlik

Dell Inspiron 11 (3168) transformeri Windows 10 Home operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi. Bort asosida 4 yadroli protsessor Intel Pentium N3710 (ikkinchi darajali 2 MB kesh-xotira) mavjud. Chip 1.6-2.56 GGs chastotada ishlaydi va 14 platformali Braswell`ga qurilgan.

Protsessorning maksimal energiya samaradorligi leptop uchun katta emas. 6 Vt.lik TDP avtonom rejim uchun yaxshi asos sanaladi. Biroq amaliyotda samaradorlik past darajada.

O‘rnatma videokarta Intel HD Graphics 405 (Braswell) 16 yunitga ega va 320-700 MGs chastotada ishlaydi. Qayd etish kerakki, leptopda diskret grafika o‘rnatilmagan. Shuning uchun HD Graphics 405 bilan kifoyalangan. Ana shu sababli foydanuvchi uning “kuchi” faqat oddiy noutbuklar va planshetlar o‘yinlarigagina yetishini bilib qo‘ygani ma’qul.

DDR3L 1600 MGs operativ xotira hajmi 4 GB. Ma’lumotlar saqlash uchun 500 GBlik xotira xizmatingizda.

Portlar va aloqa

Dell Inspiron 11 (3168) da zaruriy portlar uskunaning yon tomoniga o‘rnatilgan. Chap tomonda quvvat olish adapteri uchun joy, HDMI, USB 3.0, kardrider microSD mavjud.

O‘ng tomonda yoqish tugmachasi, ovoz sozlagich, audio jek, USB 2.0 juftligi, shuningdek, Noble qulfi ostidagi maxsus joy.

Simsmiz aloqa vositalar odatiy ko‘rinishda: Wi-Fi 802.11 b/g/n va Bluetooth 4.0.

Batareya

Noubtukka  2 seksiyali 32 Vts quvvatga ega akumulyator o‘rnatilgan. Bu juda yaxshi sanalmasa-da, avtonom rejim uchun yetarli. Masalan, uning quvvati kino tomosha qilganda 7 soatga, o‘yinlar o‘ynalganda esa 3,5 soatga “turib beradi”.

Xulosa

Ishlab chiqaruvchilar imkon qadar Dell Inspiron 11(3168)ni ko‘rkam ko‘rinishli transformer “yasash”ga harakat qilishgan. Amalda esa ish unumdorligi kam, qimmat bo‘lmagan ekranga ega va arzon korpusli qurilma dunyo yuzini ko‘rdi.  Umuman olganda, ishlash uchun yetarli imkoniyatga ega, ko‘rkam va arzon. Uni ham noutbuk, ham planshet sifatida ishlatish mumkin. Dell Inspiron 11 (3168) noutbukining hozirgi bahosi 450 AQSh dollari atrofida va qurilma sizga narxiga yarasha xizmat qila oladi.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

Amazon $450 Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!