Dell kompaniyasi XPS 15 va XPS 17 noutbuklarini taqdim etdi

Dell kompaniyasi XPS 15 va XPS 17 noutbuklarini taqdim etdi

Dell o‘zining Windows operatsion tizimida ishlovchi XPS 15 va XPS 17 noutbuklarini yangiladi. Ikkala noutbuk ham Intel'ning Lake-H 12-avlod protsessori bilan jihozlangan bo‘lib, uning Core i5-12500H, Core i7-12700H va Core i9-12900HQ turlari qurilmalarga o‘rnatiladi. 

Yangi noutbuklar 64GB gacha bo‘lgan DDR-4800 tezkor xotirasi va 4TB gacha PCIe4 X4 SSD kartasini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilmalar oq va qora ranglarda sotiladi. 

Xaridorlar ikkala o‘lchamdagi 3840 x 2400 rezolyutsiyadagi IPS sensorli ekran, shuningdek, eski 1920 x 1200 pikselli sensorli bo‘lmagan versiyalarni tanlashlari mumkin. 15 dyuymli model esa 3456 x 2160 piksel o‘lchamdagi OLED displey bilan jihozlangan. 15 dyuymli asosiy model Nvidia GeForce RTX 3050, 17 dyuymli model RTX 3060 grafik protsessoriga ega. 

Dell XPS 15 noutbukining 8/256GB xotira va Core i5 protsessorga ega bo‘lgan turi 1449 dollar narxda sotuvga chiqadi. XPS 17 modelining narxi esa 1849 dollardan boshlanadi. 

O‘QING: Samsung yangi buklanuvchi smartfon ishlab chiqarishi mumkin 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.