Dell VR-kontent uchun kuchli kompyuterlarni taqdim qildi

Dell VR-kontent uchun kuchli kompyuterlarni taqdim qildi

Dell kompaniyasi Precision turkumida virtual voqelik kontentini yaratish va undan foydalanish uchun yaratilgan yangi lokal tarmoq tarkibiga kiruvchi kompyuterlarini namoyish qildi.
Ma’lumki, vorksteyshn kompyuterlari ishlash samaradorligining yuqoriligi bilan oddiy kompyuterlardan farq qiladi.

Yangi kompyuterlarning barchasi virtual voqelik texnologiyasida ishlash talablariga javob beradi va litsenziyaga ega maxsus grafik drayverlar bilan ta’minlangan. Ulardagi tizim ayni paytda virtual voqelik shlemlarini ishlab chiqarayotgan ishlab chiqaruvchilar tizimlari bilan markazlashtirilgan.

Dell Precision lokal tarmoq kompyuterlari bugungi kunga qadar virutal o‘yinlar, kompyuterda modellashtirish va muhandislik ishlarida keng foydalanilmoqda.

Dell Precision

Precision Tower 5810, 7810va 7910 modelidagi kuchli kompyuterlari virtual voqelik tasvirlarini montaj qilish tizimi bilan ta’minlangan Precision Rack 7910 pristavkasiga ham ega.

Ilg‘or Intel Broadwell EP protsessori ko‘p oqimli ilovalarni, grafika va katta hajmdagi ma’lumotni o‘qish, VR-kontentni yaratishga ixtisoslashgan.

Precision Tower vorksteyshnlarida yangi AMD va NVIDIA videokartalari, an’anaviy SATA SSD’dan 4 marotaba samarali ishlaydigan Precision Ultra-Speed PCle ma’lumot tashuvchilari, DDR4 modelidagi chastota tezligi 2400 MGs, xotira sig‘imi 1 TB. bo‘lgan tezkor xotira o‘rnatilgan
Yaqindagina patentlangan Dell Reliable Memory Technology texnologiyasi tezkor xotira samaradorligini, Dell Intel CAS-W texnologiyasi bo‘lsa protsessorning kesh-xotirasidagi dasturiy ta’minot faoliyatini yanada oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, yangi kompyuterlarda joriy qilingan suyuqlik orqali sovutish tizimi qurilma chiqaradigan shovqinni 38 foizga kamaytirgan.

Dell kompaniyasi mobil vorksteyshnlarni ham yangi talqinda namoyish qildi. Xususan, Precision 15 turkumidagi 3000 (3510), 5000 (5510) va 7000 (7510) modellari, Precision 17 turkumining 7000 (7710) modellari yanada ixchamlashib, ularning korpusi 26 foizga yupqalashgan, vazni 12 foizga yengillashgan, sensor panel — tapchad hajmi kattalashgan, ularning professional ilovalarni o‘qish salohiyati oshgan.

Precision 15 (3510)’da Intel Core va Intel Xeon’ning 6-avlod protsessorlari, AMD FirePro videokartasi, DDR4 turidagi tezkor xotira va Thunderbolt’ning 4-avlod interfeysidan foydalanilgan. Bu ilg‘or texnologiya jamlanmasi bilan yuqori darajali 3D-modellashtirish va hisob-kitoblarni amalga oshirish mumkin.

15 dyuymli Precision 15 (5510) mobil kompyuteri UltraSharp PremierColor InfinityEdge texnologiyasidagi 4K-displeyga ega. U Adobe rangli gammasini 100 foiz aks ettirish ko‘nikmasiga ega. 1,78 kg tosh bosuvchi gadjet avvalgi modellarga nisbatan yupqa va yengil.

Mazkur tizim Intel Core’ning 6-avlod ilg‘or protsessorlari yoki Intel Xeon mobil protsessori, NVIDIA Quadro videokartasi, DDR4 tezkor xotira va Thunderbolt 3 portiga, shuningdek PCIe SSD’ning 1 TB sig‘imli ma’lumot tashuvchi xotira fleshkalariga ega.

Precision 15 (7510) kuchli noutbuki esa haybatli korpusi bilan maqtanishi mumkin. Shu bilan birga, yupqa korpus yengil va sifatli materiallardan tayyorlangan. Unda samarali sovutish tizimi, barcha ilovalarni yuqori chastota tezligida o‘qish funksiyasi mavjud.

Precision 15 (7510) va Precision 17 (7710) modellarida ham Intel Core 6-avlod protsessorlari, jahondagi ilk Intel Xeon mobil protsessorlari, NVIDIA Quadro yoki AMD FirePro videokartalaridan foydalanilgan. Precision 17 (7710)’da 17 dyuymli, 1920×1080 sig‘imli UltraSharp IPS-ekrani yoki 3840×2160 piksel sig‘imiga ega UltraSharp IGZO ekranlari tatbiq qilingan.

Dell’ning yuqoridagi barcha kuchli kompyuterlari Dell Precision Optimizer dasturiy ta’minot tizimiga, ilova hamda texnologiyalarga ega.

Mazkur Dell Precision yangi lokal tarmoq kompyuterlariga Dell kompaniyasining dilerlari veb-saytlari orqali buyurtma berish mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!