Dell XPS 13 (2017): 2017 yilning eng yaxshi noutbuki

Dell XPS 13 (2017): 2017 yilning eng yaxshi noutbuki

Har yili 100 dan ziyod noutbuklar ishlab chiqariladi. Noutbuk tanlash ilinjida do‘konga kirar ekanmiz, ekran va displey namoyishi, akkumulyatorning qancha muddatga dosh berishi bizni qiziqtirishi tabiiy. Avvalgi maqolamizda ham 2017 yilning eng noutbuklari xususida ma’lumot bergan edik.

Quyida sizga 2017 yilda ishlab chiqarilgan va keng miqyosida yaxshi e’tirofga sazovor bo‘lgan noutbuklardan biri – Dell XPS 13 (2017) to‘g‘risida ma’lumot bermoqchimiz.

Dell XPS 13 (2017)

Dell kompaniyasining avvalgi XPS 13 noutbukidan ko‘ra, 2017 yilda ishlab chiqarilgan talqin jamoatchilikning diqqat-e’tiborini osonroq qozondi. U har jihatdan yilning yaxshi noutbuki degan nomga munosib. Jumladan, noutbuk “2 tasi 1 da” tamoyilidagi 13 dyuymli eng ultrabuk, deya e’tirof etilgan.

Korpus materiali: qayta ishlangan alyuminiy, po‘lat, uglerod tolasi,  Corning Gorilla Glass himoya shishasi.

Ekran: Gadjet 13.3 dyuymli UltraSharp QHD+ InfinityEdge (3200×1800), ya’ni 5.7 million pikselni qamrab olgan ilg‘or ekrani bilan o‘ziga xos. Uning tasvir namoyishi – beqiyos. Ekranning Full Hd sig‘imli  talqini ham bor. Dell’ning sifatli ekrani sezgir va bevosita ekranda ham ishlash imkoni mavjud.

Shuningdek, Dell’ning $49 dollarlik Active Pen qalamchasi yordamida ekran siz uchun tasviriy san’at maydoniga aylanadi.

Dizayn: 1.29 kg vaznga ega gadjet bu jihatdan raqib noutbuklardan farq qilmaydi. “2 tasi 1 da” tamoyili asosida ishlab chiqarilgan qurilma korpusining panellari 360 darajaga bukiladi, ya’ni u ham planshet, ham noutbuk vazifasini o‘taydi.

O‘lchamlari: Korpus qalinligi: 199| eni: 304| balandligi: 8 -13.7 mm| vazni: 1.24 kg.

Platforma: Dell XPS 13 (2017)’ni Intel Core’ning 64 bitli 7-avlod i5 va i7 protsessorlariga ega. Intel Core i7-7500U chipi 2.7 Ggs chastota tezligiga ega. Devays Intel HD Graphics videokartasi bilan ta’minlangan. Noutbukning tezkor xotira sig‘imi 4/8/16 gigabaytli. Undagi doimiy xotira sig‘imi 128/256 GB.

Operatsion tizim: Windows 10

Akkumulyator: 4 bo‘lmali, 4600 mA soat. Bu quvvat unga idoraviy ishlarni qilganda 15 soat, film ko‘rish yoki o‘yin o‘ynaganda 8 soat ishlashiga yetadi.

Audio va karnay imkoniyatlari: Dell XPS 13 (2017) stereo ovoz uzatgichlarga ega. Unda Waves MaxxAudio® Pro texnologiyasi joriy qilingan.

Kamera: Widescreen HD (720p) veb-kamera ovozni 2 oqimli yozib oladigan raqamli mikrofon bilan ta’minlangan.

Portlari: 1 ta Thunderbolt™, 1 ta DisplayPort, 1 ta MicroSD xotira bo‘lmasi, 1 ta audio-tuynuk, 1 ta Noble Lock fulblab qo‘yish sloti.

Klaviatura: katta hajmli va ular orasidagi masofa 1.3 mm, ostki yoritish chirog‘iga ega. Shuningdek, qulay o‘lchamdagi tachpad.

Xavfsizlik: Microsoft Hello. Windows Hello funksiyasi  foydalanuvchining qiyofasini ko‘rishi bilan tizimni blokirovkadan chiqaradi. Shuningdek, barmoq izlari skaneri mavjud.

Simsiz aloqa: Intel 8265 802.11ac, 2×2 WiFi va Bluetooth.

Narx-navo: 7-avlod Intel® Core™ i5-7Y54 protsessorli talqin (4/128 GB xotira) $999.99 dollardan, 7-avlod Intel® Core™ i7-7Y75 protsessorli (16/256 GB) talqin $1,299.99 dollardan sotilmoqda.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

olx.uz 900-1050 y.e. Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.