Dell yangi Latitude 9000, 7000 va 5000 leptoplarini taqdim qildi

Dell yangi Latitude 9000, 7000 va 5000 leptoplarini taqdim qildi

Dell kompaniyasi CES 2021 ko‘rgazmasidan oldin bir qator yangi mahsulotlarini taqdim qildi. Ular orasida eng e’tiborlisi yangilangan Latitude 9000, 7000 va 5000 leptoplaridir.

Ushbu noutbuklar haqida ma’lumotga ega bo‘lmaganlar uchun, Latitude 9000 modellari Intel'ning eng so‘nggi 11-avlod protsessorlaridan foydalanadi. Biroq noutbukning bundan-da muhim jihati uning maxfiylikka kuchli e’tibor qaratilgan veb-kamerasidir. Latitude 9420 va 9520 noutbuklari SafeShutter deb ataluvchi kamera bilan jihozlangan. Bunda kameradan foydalanilmayotganida ob’yektiv tizim tomonidan avtomatik ravishda bloklab qo‘yiladi. Ya’ni kamera faqatgina konferent yoki birga-bir qo‘ng‘iroqlar paytidagina internetga ma’lumot uzatadi.

Latitude leptoplari borasidagi boshqa tafilotlar hozircha ochiqlanmagan, biroq Dell'ning ta’kidlashicha, yangilangan Latitude 9000 seriyasi modellari standard raskladushka va 2-tasi-1da forma faktoriga ega bo‘ladi. Aytilishicha, noutbuklarning uydan turib o‘qish yoki ishlashda muhim bo‘lgan jihatlari takomillashtirilgan. Masalan, kamera sifati oshirilgan, karnaylar esa takomillashtirilgan. Latitude 9420 modelining boshlang‘ich narxi 1,949 dollar. 9520 modelining narxi esa bahor oyida sotuvlar boshlanganida aniq bo‘ladi.

Latitude noutbuklari orasidagi ekrani eng kattasi 7520 modeli bo‘lib, uning displeyi 15 dyuym o‘lchamga, 4K UHD rezolyusiyaga ega. Noutbukning ixtiyoriy Full HD kamerali versiyasi ham bor. Dell ushbu modeli uchun 1,649 dollar so‘rayapti. Latitude 7520'ning har ikki talqindagi modeli 12-yanvardan sotuvga chiqadi.

Latitude 5420 va Precision 3560 modellari korpusining 21% i bioplastikdan tayyorlangani bois Dell ularni ekologik toza mahsulot deb maqtayapti. Ushbu modellarni ham 12-yanvardan mos ravishda 1,049 va 1,189 dollarga xarid qilish mumkin bo‘ladi.

Qolgan tafsilotlar CES ko‘rgazmasida ma’lum bo‘lishi kerak.

O‘QING: Kompyuter qotib qolganda qaysi tugmalarni bosish kerak?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.