Hukumat qarori: “Delta city”da yangi ob’yektlar quriladi

Hukumat qarori: “Delta city”da yangi ob’yektlar quriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida “Delta city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsiya markazi” loyihasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 4 iyuldagi PQ–3833-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga binoan “Delta city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markazi hududida yangi ob’yektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi” davlat unitar korxonasiga “Xalqaro hamkorlik markazi” AJ va “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazma kompleksi AJ ustav kapitalidagi aksiyalar davlat paketi bo‘yicha aksiyador huquqi berildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Shuningdek, qaror bilan “Interservis” respublika xo‘jalik hisobidagi tashqi savdo birlashmasi davlat korxonasi Direksiyaga qo‘shilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, “Delta city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markazi hududida yangi ob’yektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi” “Ni-tech city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markazi hududida yangi ob’yektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi” davlat unitar korxonasi o‘rnida tashkil etilgan.

O‘QING: Toshkentda 2030 yilgacha “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari innovatsion markazi” tashkil etiladi