Detektiv serialdan «ilhomlangan» qotil smartfon yordamida fosh etildi

  •   DiMaX
  •  913
  •  18.07.2018 14:52

Detektiv serialdan «ilhomlangan» qotil smartfon yordamida fosh etildi

Zamonaviy gadjetlar o‘zlarining asosiy vazifalarini ado etishdan tashqari, boshqa jihatlardan ham insoniyatga foyda keltiradigan holatlar uchrab turadi. Masalan, kishilarni o‘limdan saqlab qoladi, biror muammo bo‘yicha vaziyatga oydinlik kiritadi...

O‘QING: Bu smartfon Manchester Arena’dagi portlashda ayolni o‘limdan saqlab qoldi

AQShning Florida shtatidagi Palm-Bich-Gardens shahridagi sirli qotillikning fosh etilishi ham shunaqa qiziq voqealardan biri bo‘ldi. Yarim yilcha avval u yerda 71 yoshli Alan Abramson ismli cholning ko‘kragidan o‘q yegan jasadi topilgan edi. Qariyaning o‘ligi o‘z uyi yaqinidan topilgan, uning qo‘l soati yechib olingan va hamyoni bo‘m-bo‘sh edi. Shundan kelib chiqib, politsiya buni talonchilik paytidagi qotillik, deya baholagandi.

Bir necha oy mobaynida qotilni topish uchun qilingan ishlar behuda ketdi – na jinoyat quroli, na biror gumondorning barmoq izi va na bir iz yo‘q edi. Shunda politsiyachilar Abramsonning smartfonini tekshirib ko‘rishdi va unda amalga oshirilgan ishlarni o‘rganib, qotilni aniqlashdi.

O‘QING: Tramp bolalarni kim qotilga aylantirayotganini aytdi

Ma’lum bo‘lishicha, qotillikdan salgina avval Alan Abramson meteorologik shar hamda geliy sotib olgan ekan. U sharni gaz bilan to‘ldirgan, to‘pponchani unga bog‘lagan va o‘z ko‘kragiga o‘q uzgan. Tabiiyki, qo‘yib yuborilgan shar jinoyat qurolini uzoqlarga uchirib ketgan.

E’tiborli tomoni shundaki, xudkushlikka qo‘l urishdan avval qariya Google orqali qidiruv berib, sug‘urta badallarining variantlarini izlab ko‘rib, o‘rganib chiqqan. Agarda qotillik jinoyati talonchilik bilan birga amalga oshirilgan bo‘lsa, marhumning yaqinlariga ko‘proq miqdorda sug‘urta puli olishlari mumkinligini aniqlagan.

Xabarga ko‘ra, o‘z-o‘zini o‘ldirishning bunday usuli 2003 yili «C.S.I.: Jinoyat joyi» serialida ko‘rsatilgan ekan. Aftidan, Abramson buni eslab qolgan va o‘zining rejasini obdon pishitgan. Agarda u xudkushlik oldidan o‘z smartfonini bloklab qo‘yganida, balki, bu jinoyat ochilmasdan qolishi ham mumkin edi.

O‘QING: Qaynonasini o‘ldirgan kelinni Apple Watch fosh etdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!