Deyarli har qanday iPhone himoyasini buzuvchi utilita bor, olasizmi?

  •   DiMaX
  •  957
  •  23.12.2019 15:47

Deyarli har qanday iPhone himoyasini buzuvchi utilita bor, olasizmi?

iPhone himoyasini buzishga mo‘ljallangan utilitalari bilan tanilgan Elcomsoft kompaniyasi bir qator Apple smartfonlarining qulfini ochib beruvchi yangi dastur chiqardi. iOS Forensic Toolkit nomli bu utilita ayfonlardagi checkm8 deb nomlangan zaiflikdan foydalanadi.

O‘QING: iPhone himoyasini buzish yo‘li topildi! Undan qanday himoyalanishni o‘rganib qo‘ying! (+«jonli» video)

Aytish kerakki, checkm8 – apparat ta’minoti bilan bog‘liq nuqson bo‘lib, iOS yangilanishlari bilan undan qutulishning umuman imkoni yo‘q. Ya’ni, kupertinoliklarning A7 dan boshlab to A11 gacha bo‘lgan protsessorlarida ushbu zaiflik mavjud, Apple keyingi chipsetlarini bu kamchilikni bartaraf etgan. iOS Forensic Toolkit utilitasi esa ayni shundan foydalanib, nisbatan eski modellardagi iPhone’larning parolini o‘g‘irlash imkonini beradi.

Utilita bloklangan iPhone’dan pochta akkauntlari va parollarini, shuningdek, baoshqa bir qator maxfiy ma’lumotlarini nusxalab olish imkonini beradi. Elcomsoft vakillariga ko‘ra, bu dastur hatto eng xavfsiz – BFU (Before First Unlock, «ilk qulfdan chiqarishdan oldingi») holatida turgan iPhone’da ham ishlaydi. Uni ishlatish uchun oldin qurilmani jeylbreyk qilish zarur; buning uchun ham parol talab etilmaydi.

Elcomsoft yangi utilitasini istagan kishiga sotishga tayyor, narxi esa 1495 AQSh dollariga teng. Qizig‘i – avvalroq Apple himoya tirqishlarini topganlarga bundan ancha yirik miqdorda – million dollargacha mukofot va’da qilgan!

O‘QING: Xakerlar eng ko‘p qaysi smartfonlarni va ilovalarni «sevadilar»?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.