DEYARLI RASMAN: iPhone SE 2 taqdimotga tayyor, tag‘in arzon narxda chiqadi!

  •   DiMaX
  •  2928
  •  04.10.2019 13:17

DEYARLI RASMAN: iPhone SE 2 taqdimotga tayyor, tag‘in arzon narxda chiqadi!

Apple mahsulotlari bo‘yicha oldindan aniq chiquvchi prognozlar berishi bilan tanilgan tahlilchi Ming-Chi Kuo (Ming-Chi Kuo) avvalroq tarqalgan bir mish-mishni tasdiqladi. Ya’ni, «tishlangan olmali» korporatsiya mashhur ixcham flagmanining ikkinchi avlodi – iPhone SE 2 modelini tayyorlamoqda.

O‘QING: 2020 yili chiqadigan iPhone 12 videoda: iPhone 4 dizaynli kelajak smartfoni

Manbaga ko‘ra, iPhone SE 2 modelining dizayni xuddi iPhone 8 (sotib olish) smartfoni singari bo‘ladi. Uni diagonaliga 4.7 dyuymlik LCD-displey hamda Touch ID barmoq izi skaneri bilan ta’minlashadi. Garchi tashqi qiyofasi nisbatan eski ayfonga o‘xshasa-da, kutilayotgan smartfon eng yangi – A13 Bionic protsessoriga ega. Kompaniya bu yil namoyish etgan iPhone 11 (xarid qilish) turkumidagi gadjetlarda ayni mana shu chipset qo‘llangan.

Taniqli tahlilchi iPhone SE 2 tezkor xotirasining 3 gigabaytlik bo‘lishini aytmoqda. Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, Apple keyingi yili ushbu ayfondan dunyo bo‘yicha 20-30 million dona sotishni ko‘zlayotir.

iPhone SE 2 taqdimot vaqti va narxi borasida Ming-Chi Kuo ma’lumot bermagan. Lekin boshqa manbalarga ko‘ra, Apple uni kelasi yil mart oyidagi taqdimot marosimida ko‘rsatadi. Shuningdek, uning birinchi iPhone SE narxida sotilishini ham aytishmoqda: 32 GBlik ichki xotiraga ega varianti 399 dollar, 128 gigabaytligi esa 499 dollardan. Shu paytgacha xalqaro bozorga chiqqan va hatto o‘tgan oydagina taqdim etilgan ayfonlarni esa allaqachon Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: iPhone’da batareya quvvatini va internet-trafikni tejashning eng oson yo‘li paydo bo‘ldi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.