Di Kaprio va Apple: ularni nima bog‘lab turibdi?

  •   DiMaX
  •  657
  •  04.08.2020 12:45

Di Kaprio va Apple: ularni nima bog‘lab turibdi?

Kupertinolik korporatsiya bultur martdagi tadbirida Apple TV+ servisini namoyish etgan edi. Bu – faqatgina Apple buyurtmasiga ko‘ra tayyorlangan original kontent tomosha qilinadigan o‘ziga xos loyihadir.

O‘QING: Endi Apple'ga mijozlar fikri bir tiyinmi?

Leonardo Di Kaprioga qarashli Appian Way studiyasi Apple kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. U endi Apple TV+ uchun filmlar v seriallar suratga olish bilan shug‘ullanadi.

Appian Way studiyasi, asosan, Di Kaprioning o‘zi rol o‘ynagan filmlar bilan tanilgan. Jumladan, uning mahsuloti bo‘lgan «Omon qolgan» (The Revenant) hamda «Uoll-strit qashqiri» (The Wolf of Wall Street) kabilarni yaxshi bilsangiz kerak.

O‘QING: Yomg‘ir, tuyoq tovushi va suyuk metall: Kinoda ovoz qanday yaratiladi

Kupertinoliklar bilan hamkorlik doirasida Appian Way studiyasi hozir «Gulli Oy qotillari» (Killers of the Flower Moon) filmini tayyorlamoqda. Mazkur loyiha ustida Leonardo Di Kaprio hamda rejissyor Martin Skorseze birga ishlashmoqda. Apple esa bu film uchun 200 million dollar miqdorida mablag‘ ajratgan.

Bundan tashqari, Di Kaprio yana Elizabet Moss ishtirokidagi «Nurafshon qizlar» (The Shining girls) serialida ham suratga tushmoqda.

Bitim shartlariga ko‘ra, Appian Way o‘z mahsulotini birinchi navbatda Apple’ga taklif etadi. Agarda kupertinolik kompaniya uni rad etsa, shundan keyingina filmni keng ijaraga yoki boshqa videoservislarga beradi. Appian Way’ning ayrim kinolari esa Apple TV+ servisida vaqtinchalik eksklyuziv tarzida chiqadi: ularni dastlab mana shu servisda, keyinroq esa boshqa oddiy kinoteatrlarda ko‘rish mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Apple aqldan ozdi - endi “Oskar”ni ham olmoqchi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!