DIA 2019: eng zo‘r displeylar e’lon qilindi

  •   DiMaX
  •  1243
  •  10.05.2019 16:36

DIA 2019: eng zo‘r displeylar e’lon qilindi

Kuni kecha sanoq bo‘yicha yigirma beshinchi Display Industry Awards 2019 sovrini egalari ma’lum bo‘ldi. Ushbu mukofot taqiluvchi qurilmalar, televizorlar, mobil devayslar va avtomobillar uchun ishlab chiqilayotgan eng yaxshi displeylarga beriladi.

O‘QING: Smartfon tanlashda nimalarga e’tibor qaratish lozim? (Displey)

Bu yilgi sovrin biryo‘la uchta ekranga berildi: Apple Watch Series 4 smart-soatining OLED-displeyi, Samsung Electronics kompaniyasining modulli MicroLED ekrani hamda Sony ishlanmasi bo‘lgan Crystal LED Display.

Apple Watch ekrani uzoq muddatli ishlashi, romlari yupqaligi hamda tasvir sifati uchun mukofotlandi. Samsung kompaniyasining MicroLED-displeyi uning The Wall rusumli 8K-televizoriga o‘rnatilgan bo‘lsa, Sony Crystal LED texnologiyasidagi ekranlar ko‘p joylarda qo‘llanadi. Ushbu ikkita displeyni tasvirning a’lo sifati hamda ularda qo‘llanayotgan texnologiyalarga ko‘ra yuksak baholashdi.

Aytish kerakki, o‘tgan yili Display Industry Awards 2018 mukofoti iPhone X hamda iPad Pro’ga nasib etgan edi.

O‘QING: Dunyodagi birinchi LCD-ekran uchun mo‘ljallangan displey osti barmoq izi skaneri taqdim etildi. Endi arzon smartfonlar ham ajoyib funksiyaga ega bo‘lishi mumkin!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!