Diginnos Stick DG-STK3 Pro – kompyuter-brelok

Diginnos Stick DG-STK3 Pro – kompyuter-brelok

Yaqinda sotuvga chiqarilgan Diginnos Stick DG-STK3 Pro juda  ham ixcham o‘lchamlarga ega bo‘lib, HDMI port orqali uni monitor yoki televizorga ulash mumkin. Bunday qurilma, ayniqsa, noutbukni ko‘tarib yurishga erinadigan foydalanuvchilarga manzur bo‘lishi aniq.

Qurilmaga Bay Trail avlodidagi Atom Z3735F protsessori o‘rnatilgan. Mazkur chip nominal chastotasi 1,33 GGs bo‘lgan to‘rtta hisoblash yadrolariga ega. Shuningdek,  Intel HD Graphics rusumidagi grafik adapter ham o‘rnatilgan.

dg1

Kompyuter-brelok 2 GB tezkor xotira bilan ta’minlangan. Qurilmada 32 GB doimiy xotira mavjud, ammo microSD yordamida xotira sig‘imini yana oshirish mumkin. Bundan tashqari, mitti kompyuterda Wi-Fi 802.11b/g/n, Bluetooth 4.0 modullari, USB 2.0 va Micro-USB portlari ko‘zda tutilgan. U Windows 10 Pro operatsion tizimida ishlaydi. Eng qizig‘i kompyuter-brelok bor-yo‘g‘i 40 gramm vazn bosadi, xolos.

Diginnos Stick DG-STK3 Pro 140 AQSh dollari narxida sotuvga chiqarilgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.