“Digital Generation Uzbekistan” loyihasi doirasida ishtirokchilar o‘z robotlarini yaratishdi

“Digital Generation Uzbekistan” loyihasi doirasida ishtirokchilar o‘z robotlarini yaratishdi

Xabaringiz bor, mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarini rivojlantirish, ushbu sohada yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularga munosib imkoniyat yaratishga yo‘naltirilgan turli loyiha va tadbirlar amalga oshirilmoqda. Loyihalar va tadbirlarning ba’zilari nazariy, ayrimlari esa bir-ikki marotaba o‘tkazilib, amaliy jihatga e’tibor qaratilib bardavom amalga oshadigani kamdan-kam uchraydi.

Bunday oldiga katta maqsadlarni qo‘yigan amaliy loyihalardan biri “Digital Generation Uzbekistan” boshlanganiga 3,5 oy bo‘lib, uning doirasida o‘tgan davr mobaynida navbatdagi tadbir “Digital Generation Camp” tashkil etildi. Mazkur tadbir oshkoralik va shaffoflik tamoyillariga tayangan holda o‘tkazilib, respublikamizning barcha hududlaridan 370 dan ortiq nomzodlardan ariza kelib tushgan bo‘lib, esselarini baholash va intervyu davomida salohiyatini aniqlash natijasida 70 nafari saralab olindi.

Ularga 28 avgust - 1 sentyabr kunlari Bo‘stonliq tumanidagi “Digital Generation Camp” yozgi oromgohida yosh, tashabbuskor,shijoatli va malakali mentorlar, mahalliy ekspertlar tomonidan master-klass, trening, amaliy mashg‘ulotlar hamda kichik loyiha bajarish topshiriqlari bo‘yicha dars o‘tkazildi. 

Natijada, qatnashgan barcha ishtirokchilar o‘zlari qiziqish bildirgan sohalar bo‘yicha (dasturlash, dizayn, media, robototexnika) zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib, zamonaviy dolzarb kasb sohibi bo‘lishida dastlabki qadamni tashladilar hamda zimmasiga bitta mas’uliyatni oldi. Jumladan, robototexnika yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etayotgan ishtirokchilar o‘z qo‘llari bilan birinchi dasturlarini yozib uni kichik robotlar bilan uyg‘unlashtirishdi. Quyidagi videoda loyiha ishtirokchilari tomonidan yaratilgan robotlarni tomosha qilishingiz mumkin.

O‘QING: O‘zbekiston hatto Google, Yandeks, AliExpress va Netflix’ga ham soliq solmoqchi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.