Dimensity 1200 chipi, AMOLED 90 Hz ekran, 50MP kamera va NFC'ga ega hamyonbop OnePlus Nord 2 smartfoni taqdim etildi

Dimensity 1200 chipi, AMOLED 90 Hz ekran, 50MP kamera va NFC'ga ega hamyonbop OnePlus Nord 2 smartfoni taqdim etildi

OnePlus kompaniyasi bugun yangi OnePlus Nord 2 5G smartfonini namoyish qildi. Bu o‘tgan yili debyut qilgan orginal hamyonbop OnePlus Nord smartfonining davomchisi sanalandi.

O‘QING: OnePlus tasodifan raqibining smartfonini reklama qilib yubordi!

OnePlus Nord 2 smartfoni 6,43 dyuymli Full HD+ (1080 x 2400 piksel) displey, 90 Hz yangilanish chastotasi, barmoq izi skaneri, 32MP old kamera, asosiy kamera (50MP, 8MP va 2MP) kabilarga ega.

Qurilma MediaTek Dimensity 1200-AI chipli tizimiga asoslangan. Smartfon 12 GBgacha tezkor, 128 GB yoki 256 GB ichki xotira, 65 vattda quvvat oluvchi 4,500 mAs akkumulyator bilan jihozlangan. Smartfonni atigi 35 daqiqada 0 dan 100% gacha quvvatlantirish mumkin.

Qurilma Android 11 operatsion tizimidagi OxygenOS 11.3 qobig‘i bilan ishlaydi. 5G, 4G VoLTE, Wi-Fi 6 (802.11 ax), Bluetooth 5.2, NFC kabilarni qo‘llab-quvvatlaydi, USB Type-C porti va stereo karnaylar mavjud. O‘lchamlari 158,9 x 73,2 x 8,2 bo‘lib, smartfon 189 gramm tosh bosadi.

Hindiston va Yevropada OnePlus Nord 2 uchun oldindan buyurtmalarni bugundan boshlandi, ochiq savdolar esa 28 iyuldan boshlanadi.

Smartfonning quyidagi variantlari taklif etilmoqda:

• 8 GB RAM va 128 GB ichki xotiraga ega OnePlus Nord 2 — 399 yevro.
• 12 GB tezkor va 256 GB ichki xotiraga ega OnePlus Nord 2 — 499 yevro.
• 6 GB RAM va 128 GB ichki xotiraga ega OnePlus Nord 2 — faqat Hindistonda, taxminan 319 yevro.

O‘QING: OnePlus Nord CE 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!