Dimensity 700 chipi va 90Hz displeyga ega bo‘lgan Samsung Galaxy F42 5G smartfoni kelgusi hafta namoyish qilinadi

Dimensity 700 chipi va 90Hz displeyga ega bo‘lgan Samsung Galaxy F42 5G smartfoni kelgusi hafta namoyish qilinadi

IANS axborot agentligining xabar berishicha, Samsung kompaniyasi 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi hamyonbop bo‘lgan Galaxy F42 5G smartfonini taqdim etmoqchi.

Shuni ta’kidlash kerakki, smartfon faqat Hindiston bozorlari uchun ishlab chiqariladi.

Smartfon MediaTek'ning 12 ta 5G diapazonini qo‘llab-quvvatlovchi Dimensity 700 chipsetiga ega. Kelgusi haftadan boshlab qurilma Flipkart online do‘koni orqali sotila boshlaydi, 7 oktabrdan esa smartfonlar xaridorlarga yetkazib beriladi.

O‘QING: 50MP asosiy kamera hamda 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator: Samsung'dan 200 dollarlik yangi hamyonbop smartfon

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!