Dimensity 700 chipli Motorola Moto G50 5G chiqdi

Dimensity 700 chipli Motorola Moto G50 5G chiqdi

Motorola bugun Avstraliyada yangi Moto G50 5G smartfonini taqdim etdi. Yangi smartfon martda chiqqan Moto G50 bilan ko‘p jihatdan o‘xshash, biroq yangi qurilma Snapdragon 480 emas, MediaTek Dimensity 700 chipi bilan jihozlangan.

O‘QING: Motorola Edge 20'ning renderlari paydo bo‘ldi

Ikki smartfonning kamera va barmoq izi skaneri joylashuvidan boshqa barcha asosiy texnik ko‘rsatkichlari bir xil.

Yangi model 6,5 dyuym diagonalli, 90Hz yangilanish chastotasiga ega HD+ LCD ekran bilan jihozlangan. Tomchisimon kamera tirqishiga esa 13MP selfi kamera joylashtirilgan. Orqa panelda esa uchta kamerali modul o‘rnatilgan bo‘lib, u 48MP asosiy kamera, 2MP makro kamera va 2MP sath kameralardan tashkil topgan.

Smartfon 4GB tezkor, 128GB doimiy xotira hamda microSD karta orqali kengaytirsa bo‘ladigan xotiraga ega. 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator 15 vattda tezkor zaryad oladi. Android 11 ustiga Motorola'ning My UX UX interfeysi o‘rnatilgan. Qurilmada, shuningdek, yon tomonda barmoq izi skaneri, audio jek va NFC imkoniyati mavjud.

Moto G50 5G modeli Meteroite Gray va yashil ranglarda mavjud. Smartfonning Avstraliyadan tashqarida sotilish-sotilmasligi va global narxi hozircha ma’lum emas. Avstraliyada esa smartfonni 399 Avstraliya dollari yoki 289 AQSh dollariga sotib olish mumkin.

O‘QING: Motorola smartfonlarining maxfiy kodlari

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!