Dimensity 8100 Max chipi hamda 150 vatt quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘lgan smartfon taqdim etildi

Dimensity 8100 Max chipi hamda 150 vatt quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘lgan smartfon taqdim etildi

OnePlus kompaniyasi OnePlus Ace yangi brendini taqdim etib, o‘z tarixiga yangi sahifani yaratdi. OnePlus Ace Xitoy bozori uchun taqdim etilgan bo‘lib, u 150 vatt quvvatlash texnologiyasi, 120 gertsli AMOLED displey va Dimensity 8100 Max chipi bilan jihozlangan.

Tezkor quvvatlash texnologiyasi orqali smartfon 50% quvvatlanish uchun besh daqiqa vaqt sarflaydi. 

Ushbu texnik ko‘rsatkichlardan kelib chiqib OnePlus Ace modeli boshqa bir BBK korporatsiyasiga qarashli realme kompaniyasining GT Neo3 smartfoniga o‘xshash ekanligini sezish mumkin.. 

Yangi smartfonda OnePlus qurilmalariga xos bo‘lmagan bir qancha o‘zgarishlar kuzatilgan. 16 megapikselli yumaloq tirqishli selfi kamera displey yuqorisining markazida joylashgan. Odatda OnePlus smartfonlarida selfi kamera displey yuqorisining burchagida bo‘lar edi.  

Smartfonga o‘rnatilgan FHD+ AMOLED displeyi 6.7 dyuym bo‘lib, u 120 gerts chastotani qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, qurilma optik tasvir barqarorlashtirgichga ega bo‘lgan 50MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng kamera va 2MP makro kamera bilan jihozlangan. 

Smartfon ichidagi MediaTek Dimensity 8100 Max chipi 8/12GB tezkor va 512GB gacha bo‘lgan doimiy xotira bilan integrallashgan. Kompaniya Dimensity 8100 Max chipi odatiy Dimensity 8100 qaysi jihatlardan farq qilishi haqida hech qanday bayonot bermagan. 

Smartfondagi 4,500 mAs sig‘imli akkumulyator 150 vatt SuperVOOC tezkor quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. OnePlus issiqlikni nazorat qilish bo‘yicha bir nechta chora-tadbirlarni amalga oshirdi va akkumulyator 1600 to‘liq zaryadlash tsiklidan keyin o‘z quvvatining 80% dan ortig‘ini saqlab tura olishi mumkin.

Yangi qurilma Android 12 operatsion tizimiga asoslangan ColorOS 12.1 grafik qobig‘ida ishlaydi. Samrtfon qora va ko‘k ranglarda sotuvga chiqadi. Uning narxi quyidagicha: 

8/128GB - 388 dollar

8/256GB - 420 dollar

12/256GB - 456 dollar

12/512GB - 456 dollar

Xitoyda smartfon 26 aprel sanasidan sotuvga chiqadi. Xalqaro bozor uchun esa u OnePlus 10R nomi ostida taqdim etiladi. 

O‘QING: Dunyodagi eng chiroyli smartfon 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!