Dimensity 9200 – Snapdragon 8 Gen 2 "qotili" chiqarildi

Dimensity 9200 – Snapdragon 8 Gen 2

Bugun MediaTek kompaniyasi rasman Dimensity 9000 davomchisi – Dimensity 9200 chipsetini chiqardi. U Arm'ning Cortex X3 protsessori bilan integratsiyalashgan ilk smartfon chipi bo'lib, u TSMC'ning 4 nanonmetrli protsessoriga asoslagan.

Sakkiz yadroli chipset bitta Cortex X3 (3.05GHz), uchta Cortex A715 (2.85GHz) va yana to'rtta Cortex A510 (1.8GHz) yadroga ega va u LPDDR5X (8533 Mbit/s) operativ, hamda, UFS 4.0 doimiy xotirasini qo'llab-quvvatlaydi. Shuningdek, Dimensity 9200 grafikasi alohida e'tiborga ega: Immortalis-G715 bilan jihozlangan bo'lib, bu kompyuter grafik kartalarida bo'lgani kabi nurlarni kuzatish xususiyatiga ega. Displeylar borasida chipset yangilanish tezligi 240 gertsgacha bo'lgan FHD+, 144 gertsgacha bo'lgan WQHD va 60 gertsgacha 5K displeyni qo'llab-quvvatlay oladi. Aloqa tomonda esa Dimensity 9200 chipseti mmWave 5G, hamda, Wi-Fi 7 qo'llab-quvvatlanishiga ega ilk chipset hisoblanadi.

MediaTek'ning ma'lum qilishicha, Dimensity 9200 chipseti bilan jihozlangan smartfonlar yil oxirigacha chiqariladi.

O'QING: Samsung dunyodagi ilk 8K ultrakeng o‘yin monitorini ustida ishlamoqda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!