Dimenity Snapdragon'ni taxtdan ag‘dardi

Dimenity Snapdragon'ni taxtdan ag‘dardi

AnTuTu jamoasi sentyabr oyiga ko‘ra eng kuchli Android smartfonlar reytinggini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Dimensity 9000+ bilan jihozlangan smartfon top o‘nlikdagi barcha Snapdragon 8+ Gen 1 chipseti o‘rnatilganlarni mag‘lub qildi.

Shunday qilib, reytingning birinchi o‘rinini Asus'ning ROG 6 Dimensity Ultimate modeli 1,123,036 ball bilan egallagan bo‘lib, bu natijaga Snapdragon 8+ Gen 1 chipli smartfon yeta olmagan. Ma’lumot uchun geyming smartfon 16GB RAM va 512GB xotiraga ega.

Faxrli ikkinchi o‘rinni OnePlus'ning Ace Pro smartfoni, albatta, Snapdragon 8+ Gen 1 chipseti bilan band qilgan. 1,111,200 ball olgan ushbu smartfon 16GB RAM va 512GB xotiraga ega edi.

Top uchlik iQOO'ning 10 Pro smartfoni 1,091,058 ball bilan yopib beradi.

To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni Red Magic 7S Pro va Legion Y70 geyming smartfonlari egallagan bo‘lsa, oltinchi va yettinchi o‘rinlar iQOO 10 va Moto X30 Pro tomonidan band qilingan. Xiaomi'ning 12S Pro va Redmi K50 Extreme Edition smartfonlari sakkizinchi va to‘qqizinchi o‘rinlarni egallashga muvaffaq bo‘lishgan. Top o‘nlik oddiy smartfon emas, balki buklanadigan smartfon, Xiaomi Mix Fold 2 bilan yakunlanadi.

Qizig‘i shundaki, garchi Dimensity chipli Asus ROG 6 Ultimate smartfoni Snapdragon chipi o‘rnatilganiga qaraganda yaxshiroq ishlasa ham ko‘pchilik xaridorlar Mediatek'ga uncha ishonmaydigan ko‘rinadi. Yaqinda GSMArena tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada 1700 ortiq odamlarning 700 ga yaqini Snapdragon chipli ROG 6 olishni niyat qilgan bo‘lsa, atigi 370 dan ortiq qatnashchilar MediaTek'li modelni sotib olishga tayyor ekanliklarini bildirishgan.

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (39 hafta)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!