Dinamik orol uchun eng kreativ g'oya!

Dinamik orol uchun eng kreativ g'oya!

iPhone 14 Pro smartfonlari tabletka dori shaklidagi "dinamik orol" bilan yaqinda chiqarilganiga qaramay, dasturchilar allaqachon Apple'ning "innovatsion tirqishi" uchun qiziqarli xususiyatlarga ega yangi xususiyalarni chiqarishmoqda. Bir necha kun oldin dinamik orol bilan o'ynaladigan "Hit the Island" o'yini chiqarilgan bo'lsa, bugun yana boshqa bir ilova tirqish yuqorisida yashaydigan yoqimtoy jonzotlarni taqdim qilmoqda.

Reddit ijtimoiy tarmog'i uchun chiqarilgan taniqli Apollo ilovasi o'zining so'nggi yangilanishi bilan iPhone 14 Pro smartfonlaridagi dinamik orol uchun ajoyib xususiyatlardan birini qo'shdi: endi tirqish yuqorisiga piksel ko'rinishidagi "tamagotchi", yoxud virtual uy hayvonini qo'shish mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, siz mitti hayyvonchangizni mushuk, kuchuk, tipratikan, tulki yoki aksolotlga sozlasangiz bo'ladi va u shunchaki dinamik orol ustida yuradi/uxlaydi.

Agar sizda dinamik orolli iPhone bo'lmasa ham, siz iOS 16 bilan tamagotchi'larni o'z ekraningiz qulfiga vidjet sifatida qo'shishingiz mumkin. "Dinamik orol hayvonot bog'i" xususiyati Apollo ilovasining so'nggi versiyasida mavjud.

O'QING: Yilning eng innovatsion kompaniyalari (2022)