DIQQAT: 30 maydan Zoom ishlamay qoladi, agarda...

  •   DiMaX
  •  1691
  •  28.05.2020 13:43

DIQQAT: 30 maydan Zoom ishlamay qoladi, agarda...

Zoom videokonferensiyalar servisi koronavirus pandemiyasi davrida o‘ta ommalashdi, ammo himoyasi zaifligi tufayli xakerlar hujumiga ko‘p uchramoqda. Biznes maqsadlarida undan foydalanish SpaceX’dan NASA’ga qadar ko‘plab kompaniya va korxonalar tomonidan taqiqlangan. Yana...

O‘QING: Yarim million Zoom akkaunti rus tilli anonim Telegram-kanalda sotildi

Shu kabi mashmashalardan charchagan Zoom dasturchilari jamoasi uning ustida jiddiy ishlab, nihoyat, servisning yangilangan talqinini taqdim etdi.

Zoom 5.0 versiyasida platformaning xavfsizligi sezilarli darajada oshirilgan, shuningdek, maxfiylikni boshqarish ham yaxshilangan. Bulardan tashqari, translyasiyalar paytida ma’lumotlarni muhofaza etish uchun 256 bitlik AES shifrlash texnologiyasi qo‘shilgan.

Yuzerlar servisda yana xakerlarning hujumiga uchramasliklari va maxfiylik imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanishlari uchun barcha mijozlaridan Zoom 5.0 talqiniga o‘tishlari so‘ralmoqda. Lekin «so‘ralmoqda»dan ko‘ra «talab etilmoqda» degan ham to‘g‘riroq bo‘ladi, chunki 2020 yilning 30 may kunidan boshlab, Zoom 5.0 talqinigacha yangilanmagan faoydalanuvchilar mazkur servisda birorta ham videokonferensiyaga kira olmay qoladilar.

Shu boisdan, agarda Zoom’dan foydalanayotgan bo‘lsangiz, 30 mayga qadar uni so‘nggi versiyasigacha yangilab qo‘yganingiz ma’qul. Chunki ungacha yangilab olmaganlar o‘sha kuni yopirilib kirishi natijasida serverlarida xatolik bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas. Shuningdek, bu xabarni Zoom ishlatuvchi barcha yaqinlaringizga ham ulashishni esdan chiqarmang.

O‘QING: Diniy saboq o‘rtasida porno-rolik namoyish etilgani uchun Zoom’ni sudga berishdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!