DIQQAT, AKSIYa: MDC smartfonini xarid qiling va 16 GBlik SanDisk xotira kartasiga ega bo‘ling!

  •   DiMaX
  •  4115
  •  15.03.2019 17:25

DIQQAT, AKSIYa: MDC smartfonini xarid qiling va 16 GBlik SanDisk xotira kartasiga ega bo‘ling!

MDC kompaniyasi Navro‘z bayrami munosabati bilan 2019 yil 18 martdan 18 aprelga qadar bir oylik aksiyani boshlamoqda. Mazkur aksiya doirasida yuqoridagi muddat davomida olcha.uz, terashop.uz, asaxiy.uz internet-do‘konlaridan MDC smartfonlarini sotib olgan xaridorlarga 16 GB hajmdagi SanDisk xotira kartasi bepul taqdim etiladi.

Aksiyada MDC Grand, Grand Pro, Nova, Nova Pro, Prime Lite, M200, M300 va M5 modellaridagi smartfonlar qatnashadi. Aksiyada 16 yoshga to‘lgan barcha xaridorlar ishtirok etishlari mumkin.

Aksiyaning batafsil qoidalari bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Quyida O‘zbekistonda sotilayotgan ushbu brendga tegishli smartfonlarning qisqa tavsifi keltirilgan.

MDC M5

MDC M5 smartfoniga 4 yadroli Mediatek MT6739 protsessori o‘rnatilgan. Qurilma O‘zbekistondagi barcha aloqa operatorlarining 4G tarmoqlarida ishlaydi, unga 2 ta SIM-karta joylash mumkin. Xotirasi 2/16 gigabayt, unga yana qo‘shimcha tarzda 64 gigabaytgacha bo‘lgan MicroSD kartasi o‘rnatishingiz mumkin. Smartfon Android 8.1 Oreo operatsion tizimida ishlaydi, u 5.7 dyuymlik HD+ (1440x720 piksel) aniqligidagi, tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatli IPS ekran bilan jihozlangan.

Asosiy kamera 13 + 0.3 megapiksellik aniqlikdagi qo‘sh moduldan tashkil topgan, unga LED-chaqnoq o‘rnatilgan va avtofokus ko‘zda tutilgan. Old kamera aniqligi esa 5 megapiksellik. Ushbu modelda ham shaxsiy ma’lumotlaringizni himoyalash uchun an’anaviy kod-parollardan tashqari barmoq izi skaneri hamda Face-Lock funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

O‘QING: MDC M5 smartfonini xarid qilish uchun 5 ta sabab

MDC M300

MDC M300 deb nomlanuvchi ushbu model M200 telefonidan nisbatan kuchliroq protsessor, biroz kattaroq batareya, aniqroq kameralar va 4G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashi bilan farqlanadi.

Qurilma diagonaliga 5.45 dyuymlik, 1440x720 piksel aniqlikdagi HD+ IPS LCD matritsali displey bilan jihozlangan. Ekranning tomonlar nisbati 18:9, u to‘liq laminatsiya bilan qoplangan. Smartfon to‘rt yadroli Mediatek MT6739 protsessorida ishlaydi. Asosiy kamera aniqligi 8 MP, old kameraniki 5 MP. Tezkor xotirasi 1 GB, ichiga o‘rnatilgan xotira sig‘imi esa 8 GBni tashkil qiladi, bunga qo‘shimcha tarzda 64 GBgacha bo‘lgan microSD-karta o‘rnatish mumkin.

O‘QING: MDC M300: Android Go tizimida ishlaydigan arzon 4G-smartfon tez kunda O‘zbekistonda!

MDC M200

Mazkur smartfon dizayn sohadagi so‘nggi trendga asosan ishlab chiqilgan. Qurilma 5.45 dyuymlik ekran (HD+ aniqligida), 4 yadroli protsessor, 5 MP / 2 MP aniqlikdagi kameralar bilan jihozlangan. Ishlab chiqaruvchi korpusning chap tomoniga yana bir tugma joylashtirgan bo‘lib, uning yordamida o‘zingizga zarur ilovani yoki funksiyani tezda ishga tushirish uchun sozlab qo‘yishingiz mumkin. MDC M200 smartfoni, bundan avvalgi modellardan farqli ravishda, Android Go Edition platformasida ishlaydi. Mazkur operatsion tizim Android Oreo operatsion tizimi asosida yaratilgan bo‘lib, tezkor xotirasi 1 GB va undan kam bo‘lgan hamyonbop smartfonlarga mo‘ljallangan. Qurilmada ikkita SIM-kartani qo‘llash mumkin.

O‘QING: Android Go tizimli MDC M200 smartfoni O‘zbekistonda arzon narxda savdoga chiqdi!

MDC Prime Lite

Ushbu modelning korpusi ramkasi to‘liq metalldan ishlangan bo‘lib, bu xususiyat ayni vaqtda qurilma mustahkamligini ta’minlovchi muhim ko‘rsatkichlaridan biridir. Smartfonga 1.3 GGs takt chastotasida ishlovchi 4 yadroli Mediatek MT6737 protsessori o‘rnatilgan. Gadjetning asosiy kamerasi 13 hamda 0.3 megapiksellik ikkita sensordan iborat. Old kamera aniqligi 8 megapiksel bo‘lib, original tarzda – ekranning pastki qismiga joylashtirilgan. Bu esa selfi ishqibozlari uchun yana bir qulaylik. Smartfon 3G hamda 4G standartlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilmaga ikkita SIM-karta tushadi, u Android 7.0 (Nougat) operatsion tizimida ishlaydi.

O‘QING: MDC Prime Lite – «Malika»dagi noodatiy «ekonom klass»

MDC Grand

Tomonlari 18:9 nisbatli ekran bugungi kunda smartfonsozlik sanoatidagi eng urfga kirgan trendlardan biridir. Ushbu smartfonni yaratishda dizaynerlar aynan shu jihatni e’tibordan chetda qoldirishmagan. Smartfon 5.5 dyuymlik HD aniqligidagi displey, to‘rt yadroli MTK6580 protsessor, 8 MP / 2 MP aniqlikdagi kameralar va barmoq izi skaneri bilan jihozlangan. Qurilmada ikkita SIM-kartadan foydalanish mumkin, u Android 7.0 (Nougat) operatsion tizimida ishlaydi.

O‘QING: MDC Grand – barmoq izi skaneri va HD-displeyga ega eng hamyonbop smartfon!

MDC Nova

Hamyonbop Nova modeli to‘rt yadroli protsessor, 5,7 dyuymlik HD+ aniqligidagi ekran, barmoq izi skaneri bilan jihozlangan. Asosiy kamerasi 8 megapiksellik, old kamera aniqligi esa 5 megapikselni tashkil qiladi. Yaxshi tomoni – har ikkala kamera ham o‘zining fotochaqnog‘iga ega. Qurilmaga ikkita SIM-karta o‘rnatish mumkin.

O‘QING: MDC Nova – yoshlarbop zamonaviy smartfon!

MDC Grand Pro

Korpusi «Soft Touch» plastikdan ishlangan. Korpus atrofida ramkalar ancha baquvvat, orqa panel ochiladi. Displey kattaligi 5.5 dyuym, HD aniqligida. Smartfon 4 yadroli Mediatek MT6737 protsessorida ishlaydi. Asosiy kamerasi 8+0.3 MPlik qo‘sh sensorga, old kamerasi esa 5 MPlik modulga ega. Gadjet GSM standartining barcha diapazonlari, jumladan, 4G (LTE) tarmog‘ida (FDD-LTE B1/3/7/8/20) ham ishlaydi. Ikkita SIM-kartani ishini qo‘llab-quvvatlaydi, Android 7.0 (Nougat) operatsion tizimiga ega.

O‘QING: MDC Grand Pro – O‘zbekistondagi eng arzon qo‘sh kamerali 4G-smartfon

MDC Nova Pro

Orqa paneli metalldan ishlangan ushbu smartfon takt chastotasi 1.3 GGs bo‘lgan to‘rt yadroli Mediatek MTK6737 protsessorida ishlaydi. Asosiy kamera 8 MP, old kamera esa 5 MP aniqlikda bo‘lib, ikkala tarafida ham LED-chaqnoq ko‘zda tutilgan. Shaxsiy ma’lumotlarni barmoq izi bilan himoyalasa bo‘ladi. Qolaversa, yuzni tanish orqali blokdan chiqarish funksiyasi – Face Lock texnologiyasi ham sizning xizmatingizda. Nova Pro O‘zbekistondagi barcha mobil operatorlarning 4G tarmog‘ida faoliyat ko‘rsatadi. Ikkita SIM-kartani o‘rnatish mumkin, qurilma Android 8.1 (Oreo) operatsion tizimida ishlaydi.

O‘QING: MDC Nova Pro: Face Lock funksiyali arzon 4G-smartfon sotuvga chiqdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!