Diqqat: barcha Xiaomi smartfonlarida jiddiy xavf borligi aniqlandi!

  •   DiMaX
  •  5702
  •  05.04.2019 12:00

Diqqat: barcha Xiaomi smartfonlarida jiddiy xavf borligi aniqlandi!

Isroildagi Check Point kompaniyasi axborot xavfsizligi sohasida faoliyat olib boradi. Kuni kecha uning mutaxassislari Xiaomi smartfonlarining himoyasidagi jiddiy nuqsonni ma’lum qilishdi.

O‘QING: Barcha Xiaomi smartfonlari uchun zo‘r xushxabar bor!

Ushbu kompaniya mobil qurilmalarida xavfsizlikni ta’minlovchi Guard Provider dasturi mavjud, smartfonda u «Security» (yoki «Bezopasnost») deb nomlangan. Aniqlanishicha, aynan uning o‘zi xakerlarga Xiaomi smartfonlariga kirish imkonini berar ekan!

Xiaomi smartfoniga kiberhujum uyushtirish uchun xaker ham ayni shu qurilma ulangan Wi-Fi tarmog‘iga ulanishi kerak bo‘ladi. Keyin u Guard Provider’ning himoyasini to‘xtatib qo‘yishi va istalgan ziyonkor dasturiy ta’minotni qurilmaga o‘rnatishi mumkin. shuningdek, aynii shu yo‘l bilan xakerlar Xiaomi smartfonlarining fayllar tizimiga ham kira olishar, egasining shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlay bilishar ekan.

Check Point mutaxassislarining yozishlaricha, Guard Provider dasturida ushbu xatolik hamisha mavjud bo‘lgan, lekin uni yaqindagina aniqlashgan. Mazkur dastur barcha Xiaomi smartfonlarida oldindan o‘rnatilgan bo‘lib, uni o‘chirib tashlash ham mumkin. Hozirda «xitoycha Apple» dasturchilari himoyadagi mazkur nuqsonni bartaraf etuvchi patchni tarqata boshlagan. Shunday ekan, Xiaomi smartfonlari egalari eng so‘nggi yangilanishlarni o‘rnatib olishlari lozim.

O‘QING: Terashop.uz’ga yoshlarbop Mi Play ham keldi! Xiaomi smartfonlarining arzonlashgan narxlari bilan tanishing! (2019 yil 3 aprel)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.