DIQQAT: Bugun telefonlar IMEI-kodlarini MUTLAQO BEPUL ro‘yxatdan o‘tkazishga ulguring!

  •   DiMaX
  •  10796
  •  23.09.2020 16:58

DIQQAT: Bugun telefonlar IMEI-kodlarini MUTLAQO BEPUL ro‘yxatdan o‘tkazishga ulguring!

Keyingi kunlarda xalqimizni tashvishga qo‘yayotgan va ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p muhokama qilinayotgan masalalardan biri – mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxtdan o‘tkazish muammosidir. Kechagina Uzimei.uz sayti mazkur jarayonga o‘zgarish kiritilganini e’lon qilgan edi.

O‘QING: Smartfonlarni UZIMEI tizimida noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazib kelgan jinoiy guruh fosh etildi!

Ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbekzabon segmentida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Troll.uz pabligi asoschisi Umid G‘afurov ushbu masala bo‘yicha o‘zining fikrini bildirgan edi. Endi uning xabar berishicha, bugun – 23 sentyabr kuni, soat 23:49 gacha bloklangan yoki ro‘yxatdan o‘tmagan telefonning IMEI-kodlarini MUTLAQO BEPUL ro‘yxatdan o‘tkazishingiz mumkin!

Buning uchun 2 ta SIM-kartani kiritish kerak (agar qo‘llab-quvvatlansa), shunda bir vaqtning o‘zida ikkita IMEI-kod ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Hatto pasportida boshqa telefon raqami qayd etilganligi sababli imkoniyati bo‘lmaganlar ham ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. SIM-kartani qo‘ygandan so‘ng, telefonni yoqib qo‘yib, 5 daqiqa kutishingiz kerak. Telefon qilib olsangiz ham mayli.

Troll.uz’ning keyingi postida aytilishicha, bugun barcha IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish AVTOMATIK VA BEPUL tarzda amalga oshadi. SIM-kartani telefonga kiritishning o‘zi kifoya. Hech qayerga borib, kimgadir tushuntirib, pul to‘lash shart emas.

«Shunday qilib, UZIMEI mening kechagi so‘zlarimni tasdiqladi. Ro‘yxatga olish jarayonini to‘liq avtomatlashtirilish va odamlarni ovora qilmay amalga oshirish mumkin ekan. Buni tushunib yetish uchun qanaqadir noma’lum AQSh kompaniyasi bilan qo‘shma korxona tashkil etish shart emas edi.

Bu vaqtinchalik chora va ertaga bunday usul ishlamaydi. Ular buni fuqarolarning ko‘plab shikoyatlari va blogerlarning tanqidlariga javoban qilishdi shekilli.

Ammo, eng muhimi, biz bu jarayonlarning barchasi qulay va bepul bo‘lishi mumkinligiga amin bo‘ldik. Endi ular buni inkor etolmaydi», – deydi bloger.

Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilarning yozishlaricha, yuqoridagi usul chindan ham ish beryapti. Lekin barcha IMEI-kodlarni avtomatik va bepul tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish imkoni faqatgina bugun bo‘ladimi yoki keyin ham davom etadimi – bu bo‘yicha RASMIY ma’lumot yo‘q. Shuning uchun mazkur xabarni imkon qadar tezroq barcha yaqinlaringizga tarqating – ular ham ulgurib qolishsin!

O‘QING: IIV: «Sizda IMEI-kodlari bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelsa...»