Diqqat! Huawei telefonlari egalarini 10 000 yevro kutmoqda

  •   Saroy
  •  1001
  •  16.07.2018 18:26

Diqqat! Huawei telefonlari egalarini 10 000 yevro kutmoqda

Huawei kompaniyasi Next Image Awards mobil fotosurat konkursini o‘tkazishni e’lon qildi. Unda Markaziy, Sharqiy va Shimoliy Yevropa aholisi ishtirok etishi mumkin. Konkursning asosiy talabi ishtirokchilarda Huawei’ning istalgan smartfoni bo‘lishi kerak va ushbu qurilma orqali olingan suratlar konkurs saytiga 12 iyuldan 24 avgustgacha jo‘natilishi  mumkin. Unda konkursning barcha ishtirokchilari jo‘natgan rasmlar bilan  ishlash uchun galereya joylashtirilgan. Rasmlar bo‘yicha ovoz berish ham  24 avgustgacha bo‘ladi. Tanlab olingan eng yaxshi 50 fotosurat Next Image xalqaro konkursda ishtirok etadi.  Ishtirokchilar olti toifadagi suratlarni jo‘natishi mumkin:

O‘QING:World Mobile Challenge o‘zbekistonliklarni mobil ishlanmalar bo‘yicha global yoshlar tanloviga taklif qiladi

  • Portret surat
  • Oqshom
  • Salom, hayot!
  • Sayohat hayot tarzimiz
  • Tabiat go‘zalligi
  • Sening tarixing

O‘QING:«Open Data Challenge» Xakatonida ishtirok etasizmi?

Jyuri tomonidan tanlab olingan har bir toifa bo‘yicha g‘olibga Huawei Matebook X noutbuki sovg‘a qilinadi, junatgan rasmi National Geographic’da nashr qilinadi va 2 000 yevro beriladi. 2 va 3 o‘rinlar tegishlicha Huawei P20 Pro va P20 smartfonlariga ega bo‘ladilar. Shuningdek, olti toifaning har birida tomoshabinlar yoqtirgani uchun mukofati ham ko‘zda tutilgan. G‘olibni jyuri tanlaydi, u Huawei Matebook X noutbuki va 10 000 yevro bilan mukofotlanadi  hamda National Geographic’ning  10 kunlik fotoekspeditsiyasida ishtirok etadi, qolaversa surati shu nashrda e’lon qilinadi. Konkurs saytiga yuklanadigan suratlar soni bo‘yicha cheklovlar yo‘q.

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.