Disney aktyorlarni yosh yoki qariroq qilib ko'rsatadigan sun'iy intellekt yaratdi

Disney aktyorlarni yosh yoki qariroq qilib ko'rsatadigan sun'iy intellekt yaratdi

Disney tadqiqotchilari aktyorlarni sahnada yosh yoki qariroq qilib ko'rsatadigan FRAN ("face re-aging network") nomli sun'iy intellekt yaratdi. Garchi uning ta'siri avtomatik bo'lmasada yoxud qahramon yoshi imkon qadar real ko'rinishi uchun ba'zi sozlamalar qo'lda qilinishi kerak bo'lsa ham, yangi neyron tarmoq ishning katta qismini bajaradi.

Ma'lum bo'lishicha, FRAN qahramon yoshini bitta kadrda o'zgartirishi uchun atigi besh soniya kifoya qiladi. U qarish yuzning qaysi qismlariga ta'sir qilishini taxmin qiladi, keyin esa qahramon yuzining tepasida qatlam sifatida ajinlar yoki terini tekislash kabi effektlarni qo'llaydi. Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, bu bilan FRAN qahramonning boshi yoki yuzi harakatlanayotganda yoki kadrda yorug'lik o'zgarganda ham yoshni o'zgartirish imkonini beradi.

Foto: DisneyResearch | Studios

Albatta, Disney'ga nima uchun bunday texnologiya kerakligi aniq: bu bilan kompaniya vizual effektlar bilan ishlaydigan dizaynerlar ish yukini kamaytirishi va jarayonni tezlashtirishi mumkin. Qolaversa, bu Disney'ga o'z filmlaridagi qahramonlar yoshini o'zgartirishda katta byudjetni saqlab qolish imkonini beradi. Ta'kidlash joizki, "The Irishman" filmida Robert De Niro, Al Pachino va Jo Peschini yoshroq ko'rsatish uchun 200 million dollar sarflangan.

O'QING: Bullitt va MediaTek dunyodagi ilk "sun’iy yo‘ldosh smartfonini" ishlab chiqarishadi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!