«Disneylend»da «o‘rgimchak-odam» rolini kaskadyor-robot o‘ynayapti! («jonli» video)

  •   DiMaX
  •  764
  •  07.06.2021 11:54

«Disneylend»da «o‘rgimchak-odam» rolini kaskadyor-robot o‘ynayapti! («jonli» video)

Kaliforniyadagi «Disneylend»da yaqinda «Qasoskorlar» kampusi ochildi. U yerga tashrif buyuruvchilarni bino ustiyu atrofida sakrab yurgan «o‘rgimchak-odam» ko‘proq jalb etmoqda. Lekin eng qizig‘i – bu kaskadyor emas, balki haqiqiy robotdir!

O‘QING: Dunyodagi eng takomillashgan (va qo‘rqinchli) robotlar

Robot tomoshaning eng xavfli lahzalarida aktyorning o‘rnida rol o‘ynaydi. Binodan binoga sakrab o‘ynayotgan robotning xatti-harakatlarini insonnikidan farqlash qiyin.

«Disney» o‘zining kaskadyor-roboti haqida bundan bir necha yil avval xabar bergan, ammo unda hali «o‘rgimchak-odam» libosi yo‘q edi. Mazkur robot bir qator datchiklar bilan jihozlangan, shular yordamida u atrofdan ma’lumot olib, o‘z harakatlarini boshqaradi.

O‘QING: Robot yasab 22 yoshida «Shuhrat» medali olgan ixtirochi – vazir o‘rinbosari Olimjon To‘ychiyev bilan suhbat

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!