DisplayMate: Nihoyat, xitoyliklar ham iPhone va Samsung Galaxy’lardek sifatli ekranga ega smartfon tayyorlashdi!

  •   DiMaX
  •  1406
  •  30.04.2019 12:13

DisplayMate: Nihoyat, xitoyliklar ham iPhone va Samsung Galaxy’lardek sifatli ekranga ega smartfon tayyorlashdi!

Smartfonlarning turli qismlarini xolisona tekshirib baholovchi professional servislar mavjud. Masalan, ularning kameralarini baholash bo‘yicha DxOMark tanilgan bo‘lsa, displeylarini DisplayMate Technologies kompaniyasi tekshiradi.

O‘QING: iPhone XS Max endi «displeylar qiroli» emas. Uni taxtdan kim ag‘dardi?

Xullasi kalom, DisplayMate Technologies o‘zining rasmiy Twitter-akkaunti orqali e’lon qilishicha, mutaxassislar hali taqdim etilmagan OnePlus 7 smartfonlari displeyini allaqachon tekshirib ko‘rishgan.

Ekspertlarning ta’kidlashlaricha, OnePlus 7 Pro modelining OLED-ekrani maksimal darajadagi – A+ bahosini olgan! Hozirgacha xitoylik smartfonsozlarning mahsulotlari displey borasida bunaqa natija ko‘rsatmagan edi. Odatda Apple iPhone va Samsung Galaxy’lar shunday yuksak baho olar, shuningdek, Google Pixel 3 XL flagmani ham ularga yetib olgandi.

DisplayMate ushbu «flagmanlar kushandasi»ning batafsil test natijalarini 14 may kuni e’lon qilishni rejalashtirgan – OnePlus 7 hamda OnePlus 7 Pro ayni shu sanada rasman taqdim etiladi.

O‘QING: OnePlus 7 Pro’ning uchtalik kamerasi haqidagi ma’lumotlar oshkor bo‘ldi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.