DisplayMate sinovlarida Samsung Galaxy Note 10+ displeyi naq 12 ta rekordni yangiladi!

DisplayMate sinovlarida Samsung Galaxy Note 10+ displeyi naq 12 ta rekordni yangiladi!

Galaxy S10 DisplayMate'ning displey sinovlarida o‘n ikkitadan ko‘p rekordlarni yangilagan edi. Endi esa keyingi avlod flagmani, Galaxy Note 10+, ham shunga o‘xshash natijani qayd etdi.

Smartfon ekrani absolyut rang aniqligi, kontrast va intensivlik shkalasi bo‘yicha rekord qo‘ydi. Avtomatik rang boshqaruvi funksiyasi kontent tasvirlanishida eng to‘g‘ri rang profili tanlanishini kafolatlaydi, shu uchun displey rejimlari haqida o‘ylamasangiz ham bo‘ladi.

Agar rejimni qo‘lda tanlamoqchi bo‘lsangiz, DCI-P3 Natural rejimi 0.4 JNCD (JNCD — Just Noticeable Color Difference; ranglar o‘rtasidagi juda kichik farq) darajadagi (yangi rekord) Absolyut rang tiniqligiga erisha oladi. "Deep Red" OLED sababli Note 10+ ekrani DCI-P3'da 100% lik natija ko‘rsatgan ilk smartfon bo‘ldi. sRGB Natural Mode ham 0.4 JNCD natija hosil qiladi. Ma’lumot uchun, ushbu rejim kamera va televizorlardagi rasm va videolar uchun ommaviy ravishda qo‘llaniladi.

Samsung Galaxy Note 10+ ning ekrani avvalgi smartfonlarnikidan yorqinroq hamdir. Yuqori yorug‘ilk rejimi yoqilganda, maksimal yorug‘lik ko‘rsatkichi 778 nitga yetadi. Bu Note 9 ko‘rsatgan natijadan 10% yuqoriroq sanaladi. Maksimal yorug‘lik ham rekord daraja 1,308 nitga teng.

Biroq ko‘rish burchaklari unchalik ham mukammal emas. 30° burchakda oq rangga o‘tish ko‘rsatkichi 2.8 JNCD'ga teng. To‘g‘ri, bu farq o‘ta sezilarli darajada bo‘lmasligi mumkin, lekin Galaxy S10'da bu 0.7 ga teng edi. Har ikkala smartfon ham 30° burchakdan ko‘rilganda ekran yorug‘ligi 24% kamroq bo‘ladi.

Quyida Note 10+ ning ekrani takrorlagan yoki yangilagan 12 ta rekordlar ro‘yxatini keltirib o‘tamiz:

•Eng baland absolyut rang aniqligi (0.4 JNCD) — Ko‘rinishidan mukammal darajadan farq qilmaydi

•Eng baland tasvir kontrasti va intensivligi shkalasi aniqligi (2.17 gamma) — Ko‘rinishidan mukammal darajadan farq qilmaydi

• Tasvir tarkibining o‘rtacha darajasi (APL) bilan rang aniqligi va intensivlik shkalasida eng kichik o‘zgarish (0.8 JNCD) — Ko‘rinishidan mukammal darajadan farq qilmaydi

•Tasvir tarkibining o‘rtacha darajasi bilan tasvir kontrasti va intensivlik shkalasida eng kichik o‘zgarish (0.03 gamma) — Ko‘rinishidan mukammal darajadan farq qilmaydi

•Tasvir tarkibining o‘rtacha darajasi bilan maksimal yorqinligining eng kichik o‘zgarishi (6 foiz)

•OLED smartfonlarda eng baland to‘liq ekran yorug‘ligi (100% APL'da 793 nit)

•Displeyning maksimal yorug‘ligining eng yuqori darajasi (past APL uchun 1,308 nit)

•Eng katta ichki rang gammasi (113% DCI-P3 va 142% sRGB/Rec. 709)

•Ekranning eng kichik nur qaytarishi (4.3 foiz)

•Atrof yorug‘ligida eng baland kontrast darajasi (100% APL uchun 184 va Maksimal yorug‘lik uchun 304)

•Ko‘rish darajasida eng past yorug‘lik farqi (30° da 24 foiz)

•Ko‘rinadigan eng baland erkan rezolyusiyasi 3K (3040x1440)

O‘QING: DxOMark: Samsung Galaxy Note 10+ 5G - kamerafonlar qiroli!