Doimiy «propiska»ga onlayn ro‘yxatdan o‘tishni o‘rgatuvchi videoqo‘llanma

  •   DiMaX
  •  1354
  •  26.11.2020 17:20

Doimiy «propiska»ga onlayn ro‘yxatdan o‘tishni o‘rgatuvchi videoqo‘llanma

Yagona portal orqali Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga kirish mumkinligi haqida xabar bergan edik. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy ro‘yxatga qo‘yish xizmatidan foydalanish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma tayyorlandi, deb yozadi Xabar.uz nashri.

O‘QING: «Propiska»da turuvchilar soni to‘g‘risida endi onlayn ma’lumotnoma olish mumkin!

Har bir inson yaxshi sharoitda va qulay imkoniyatlardan foydalanib yashashni istaydi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) esa aholiga eng kerakli xizmatlarni taklif qilishda davom etmoqda.

Xabaringiz bo‘lsa, Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy ro‘yxatga turish ham elektronlashgan edi. Avtomatlashtirilgan ushbu xizmat my.gov.uz orqali tezkor amalga oshiriladi.

Aholiga yanada yengilroq bo‘lishi uchun xizmatdan foydalanish tartibi quyidagi videoda qadamma-qadam tushuntirib o‘tiladi:

Bunda ko‘chmas mulk ob’yektiga egalik huquqi bir shaxsga tegishli bo‘lgan ob’yektlarga doimiy ro‘yxatga qo‘yish mumkin.

O‘QING: Deputat plastik kartochkadagi pulni naqdlashtirishdagi 1 foizlik to‘lov masalasini ko‘tardi

Xizmatdan:

Qonun hujjatlariga muvofiq olingan uy-joyga ega O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari (xususiy mulk qilib olingan uy-joyga);

Toshkent shahrida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan fuqarolar (Toshkent shahri va Toshkent viloyatida boshqa manzilga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinish masalasi yuzasidan murojaat etganda);

Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan fuqarolar (Toshkent viloyatida boshqa manzilga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinish masalasi yuzasidan murojaat etganda) foydalanishlari mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun esa quyidagi havolaga o‘ting: https://my.gov.uz/uz/service/363

O‘QING: «UzAutoMotors»ga qarshi kampaniya boshlagan bloger Ichki ishlar bo‘limiga chaqirildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!