Doimiy yoki vaqtinchalik propiska haqidagi ma’lumotni onlayn usulda oling! (videoqo‘llanma)

  •   DiMaX
  •  1113
  •  15.03.2021 13:38

Doimiy yoki vaqtinchalik propiska haqidagi ma’lumotni onlayn usulda oling! (videoqo‘llanma)

Xabaringiz borki, yaqinlargacha fuqaroning doimiy va vaqtincha ro‘yxatda turish manzili uning pasportida qayd etilar edi. Bugungi kunda ushbu tartib bekor qilingan, lekin ayrim hollarda ba’zi tashkilotlarga fuqaro o‘zlarining rasman ro‘yxatda turgan manzilini taqdim etishi kerak bo‘lib qoladi.

O‘QING: Doimiy «propiska»ga onlayn ro‘yxatdan o‘tishni o‘rgatuvchi videoqo‘llanma

Xo‘sh, so‘ralgan joyga ro‘yxatda turish manzilini qayerdan olib taqdim etish mumkin, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Endi bu haqdagi to‘liq ma’lumotni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)dan olishingiz mumkin, deyiladi portalning rasmiy Telegram-kanalida.

Quyidagi videoqo‘llanma yordamida bosqichlardan o‘tish yanada osonlashadi:

Darvoqe, yaqindagina biz nomingizda uy-joy bor-yo‘qligi haqida ma’lumotnomani onlayn usulda oson olish videoqo‘llanmasini ham ulashganmiz. Shuningdek...

O‘QING: Avtojarimalar to‘g‘risida ma’lumotni endi onlayn tarzda – oson va bepul oling!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!