Donald Tramp akkaunti Instagram va Facebook'da blokirovkadan chiqarildi

Donald Tramp akkaunti Instagram va Facebook'da blokirovkadan chiqarildi

Kecha Meta kompaniyasi Donald Trampni Facebook va Instagram'da blokirovkadan chiqarayotganligini e'lon qildi. Chorshanba kuni e'lon qilgan blog postida kompaniya AQSH sobiq prezidentining akkauntini keyingi bir necha hafta ichida qayta tiklashini aytdi.

"Tramp akkauntini cheklash favqulodda vaziyatlarda qabul qilingan favqulodda qaror edi", deya tushuntiriladi Meta bayonotida.

Ma'lum bo'lishicha, agar Tramp yana Meta'ning kontent siyosatini buzadigan bo'lsa, kompaniya uning akkauntini "buzilishning jiddiyligiga qarab" bir oydan ikki yilgacha bloklaydi.

Eslatib o'tish joizki, ikki yil avval, 2021-yilning 6-yanvar kuni Kapitoliyga qilingan qonli hujumdan so'ng Donald Tramp uchun Facebook va Instagram'dan foydalanish taqiqlangan edi. O'shanda Meta bosh direktori Mark Tsukerberg Tramp zo'ravonlikni qo'zg'atgani va tartibsizliklar harakatini maqtagani uchun platformalarda "qora ro'yxat"ga tushganini aytgan. O'sha vaqtda Meta sobiq prezidentni bloklagan birinchi ijtimoiy tarmoqlardan biri edi.

O'tgan yilning noyabr oyida, Ilon Mask Twitter'ni sotib olgach, unda Donald Trampni Twitter'ga qaytarish haqida so'rovnoma o'tkazdi va shundan so'ng sobiq prezident Twitter'da blokirovkadan chiqarildi. Biroq, Tramp hali Twitter'ga qaytganicha yo'q.

Hozirda Donald Tramp o'zining Truth Social nomli ijtimoiy tarmog'idan foydalanadi. Meta'ning chorshanba kungi bayonotiga javob tarzda esa Tramp bunday deydi:

"Sevimli prezidentingiz, meni, "deplatformatsiya" qilganidan beri milliardlab dollarlarni yo'qotgan FACEBOOK, hozirgina mening akkauntimni tiklayotganini e'lon qildi."

O'QING: Twitter'da reklamalarni to‘liq o‘chirish imkoniyati paydo bo‘ladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!