Donald Tramp bugunoq Twitter, Facebook va boshqa tarmoqlarni yopishi mumkin!

  •   DiMaX
  •  770
  •  28.05.2020 17:53

Donald Tramp bugunoq Twitter, Facebook va boshqa tarmoqlarni yopishi mumkin!

AQSh prezidenti Donald Tramp kecha – 27 may kuni bir nechta bayonotlar bilan chiqish qildi. Ularda, agar mamlakatning siyosiy turmushiga aralashadigan bo‘lsa, Twitter, Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlarni yopish bilan tahdid qilgan.

O‘QING: Apple’ning «aqlli» yordamchisi Donald Trampni butun dunyoga sharmanda qildi!

Buning sababi shundaki, kecha Tramp sahifasidagi bir nechta tvitlarni Twitter ishonchsiz ma’lumot sifatida belgilagan va akkaunt egasidan faktlarni tekshirishni so‘ragan. Prezident bu tvitlarida, saylovlarda pochta orqali ovoz beriladigan bo‘lsa, ovozlar soxtalashtirilishi xavfi mavjudligini ytgan edi.

«Ijtimoiy tarmoqlar konservatorlarning ovozini o‘chira olishiga respublikachilarning ishonchi komil. Biz aslo bunga yo‘l qo‘ymaymiz – ularning faoliyatini qat’iy nazoratga olamiz yoki yopamiz», – degan Donald Tramp.

G‘arb ommaviy axborot vositalarining ta’kidlashicha, AQSh prezidenti ijtimoiy tarmoqlar operatorlari bilan bog‘liq yangi qonunni bugun – 28 mayning o‘zidayoq imzolashi mumkin. Ammo kuzatuvchilar, ijtimoiy tarmoqlar nazoratida AQShning bunchalikka bormasligini aytishyapti.

O‘QING: Internetda qanday qilib to‘g‘ri va xavfsiz so‘kinish mumkin? Roskomnadzor buni misoli bilan ko‘rsatib berdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!