Donald Tramp endi Twitter’da yuzerlarni bloklay olmaydi – buni sud ta’qiqladi

  •   DiMaX
  •  879
  •  24.05.2018 10:20

Donald Tramp endi Twitter’da yuzerlarni bloklay olmaydi – buni sud ta’qiqladi

AQSh prezidenti Donald Trampning iPhone rusumli smartfonida birgina ilova, ya’ni Twitter bor. Lekin mazkur mikrobloglar tarmog‘ida u birmuncha faol bo‘lib, uning tvitlari jamoatchilik orasida keng muhokama qilinadi.

O‘QING: Trampning birgina tviti bois Amazon 6 mlrd dollar yo‘qotdi

Lekin prezident Twitter’da o‘zini tanqid qilgan, qarshi fikr bildirgan foydalanuvchilarni bloklab qo‘yar ekan. Kuni kecha shu masala yuzasidan Nyu-York federal sudida ish ko‘rildi, deya xabar beradi AFP.

Xabarga ko‘ra, sud qarori bilan Donald Trampning Twitter’dagi yuzerlarni bloklashi ta’qiqlab qo‘yilgan. Zero, bu harakat AQSh Konstitutsiyasiga kiritilgan Birinchi tuzatish talablariga ziddir.

Ta’kidlanishicha, prezident mikroblogda o‘ziga nisbatan tanqidiy fikr bildirgan foydalanuvchilarni bloklashi mumkin emas. Zero, Trampning akkaunti ommaviy forum bo‘lib, undan kishilarni siyosiy qarashlariga ko‘ra chetlatish ta’qiqlangan.

Sud qaroriga ko‘ra, prezident Tramp oldin o‘zi ayrim foydalanuvchilarga qo‘ygan blokni olib tashlashi kerak.

O‘QING: iPhone’ning keraksiz ilovalaridan Donald Tramp uslubida qutulamiz!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!