«DONOLARNING O‘YINI»da Chevrolet Trailblazer avtomobilini yutib olishingiz mumkin!

  •   DiMaX
  •  3655
  •  08.09.2020 13:48

«DONOLARNING O‘YINI»da Chevrolet Trailblazer avtomobilini yutib olishingiz mumkin!

Ucell uyali aloqa operatori abonentlari uchun yaqindagina birdaniga ikkita xushxabar chiqargan edik. Mazkur kompaniya endi «SYNERIKA» MChJ bilan birgalikda «DONOLARNING O‘YINI» viktorinasining joriy etilishini e’lon qildi.

O‘QING: Ucell rahbari Vladimir Kravchenkodan o‘zbek tilini o‘rganish, davlat tilida ishlash bo‘yicha master-klass

«DONOLARNING O‘YINI» bu – butun jahonda ommalashgan «Kim millioner bo‘lishni xohlaydi» o‘yini asosida abonentlar uchun maxsus yaratilgan viktorina. Ushbu qiziqarli viktorina nafaqat bilimlarni tekshirish va oshirishga yordam beradi, balki sovrinlar yutib olish imkonini ham taqdim etadi.

Mazkur viktorinani faollashtirish uchun abonentlar faqat SMS tarzida istalgan so‘zni (o‘chirish uchun belgilangan «STOP», «STOP1» kalit so‘zlaridan tashqari) «DONOLARNING O‘YINI» viktorinasining 4004 qisqa raqamiga jo‘natishlari va har kuni savollarga javob berishlari kifoya.

Faollashtirish so‘roviga javoban, abonentga 4004 raqamidan uning ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi SMS-bildirishnoma, shuningdek, xizmat haqida, uning narxi, obunani bekor qilish qoidalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot hamda viktorinaning birinchi savoli keladi. Aniqrog‘i – savol va uning javob variantlari keladi; abonent ulardan birini tanlashi va tanlangan javob variantining raqamini xizmatning qisqa raqamidan kelgan o‘sha SMSning o‘ziga javob tarzida jo‘natishi kerak.

Masalan, abonentga quyidagicha savol jo‘natiladi:

«Dunyodagi eng chuqur ko‘l qaysi:

  1. Ontario;
  2. Baykal;
  3. Viktoriya.»

Viktorina 2584 qisqa raqamidan kiruvchi, ko‘rinmas SMS shaklidagi kunlik pulli obuna bo‘yicha amalga oshiriladi.

O‘QING: Mobil operatorlar bizdan nimani yashirmoqda?

«DONOLARNING O‘YINI» viktorinasiga kunlik obuna narxi QQS bilan 1290 so‘m/kun. Viktorinaga obuna har kuni abonent to‘lovi evaziga yangilanadi, kunlik to‘lovni amalga oshirgan abonent, obuna uchun pul samarali yechib olinganida sovrinlar yutib olish uchun 150 ball hamda 30 savolga javob berish imkonini qo‘lga kiritadi. Har bir to‘g‘ri javob abonentga 30 ball taqdim etadi. Har bir xato javob abonentga 10 ball taqdim etadi.

Obuna uchun to‘lov toki abonent xizmatga obunani bekor qilmagunicha yoki xizmat to‘xtatilgunicha yechib olinadi.

Sovrinlar kunlik, haftalik, oylik va choraklik asosda o‘ynaladi. Har kuni, har haftada, har oyda va har chorakda faqat bittadan sovrin o‘ynaladi. Viktorina g‘oliblariga quyidagi sovrinlar taqdim etiladi:

KUNLIK SOVRIN: 5 000 000 (besh million) so‘m, boshqa turdagi sovrinlar o‘ynaladigan kunlardan tashqari har kuni o‘ynaladi;

HAFTALIK SOVRIN: 50 000 000 (ellik million) so‘m, oyning so‘nggi haftasi bo‘lmagan har haftaning oxirida (yakshanba kuni) o‘ynaladi;

OYLIK SOVRIN: 70 000 000 (yetmish million) so‘m, choraklik sovrin o‘ynalmaydigan har bir oyning so‘nggi yakshanba kuni o‘ynaladi;

ChORAKLIK SOVRIN: Chevrolet Trailblazer avtomobili, aksiya boshlangan sanadan boshlab har 3 oyda, oyning so‘nggi yakshanba kuni o‘ynaladi.

«DONOLARNING O‘YINI» viktorinasi bo‘yicha Ucell rasmiy saytidagi ushbu xabardan tashqari, batafsil ma’lumot va ommaviy oferta www.4004.uz saytida e’lon qilingan.

O‘QING: 💥SIZ KUTGAN MA’LUMOT! Qaysi operatorning abonentlari eng ko‘p? (+infografik video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!