Do‘stona eslatma: biometrik ma’lumotlar bilan telefoningizni himoyalash unchalik ishonchli emas

Do‘stona eslatma: biometrik ma’lumotlar bilan telefoningizni himoyalash unchalik ishonchli emas

Samsung o‘z telefonlarini yanada xavfsizroq qilish uchun millionlab mablag‘ sarflamoqda, mijozlari bu sa’y-harakatlarni munosib baholashiga erishishga urinmoqda.
Silikondan tayyorlangan va atigi bir necha dollar turuvchi ekran qoplamasi qurilma himoyasiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, deb o‘ylarsiz. Afsuski, bunday emas.
Gigant korporatsiya va arzon-garov aksessuar
Gigant kompaniyalarning sharmanda bo‘lishini kutganlar bormidi? Mana, shunday ham bo‘ldi. O‘tgan hafta bergan qisqacha bayonotida, Samsung ba’zi shaffof g‘ilof va ekran himoyalagichlari yordamida Galaxy S10, Galaxy 10+, Galaxy S10 5G, Galaxy Note10 va Galaxy Note10+ larning barmoq izi autentifikatsiyasini chetlab o‘tish mumkinligini tan oldi.
Samsung flagmani qulfini ochish uchun 3D printer, yuqori aniqlikdagi kamera yoki allaqanday qurilmalar shart emas. Sal kirlangan, arzon ekran qoplamasi Samsung flagmanining qulfini ochish uchun kifoya.

Biometrik ma’lumotlar qurilma xavfsizligiga raxna solishi mumkin
Gap shundaki, barmoq izlari va biometrik autentifikatsiya usullari kamchiliklardan xoli emas. Agar mobil qurilmangiz xavfsizligi haqida qayg‘ursangiz, PIN kodlar va parollar ancha xavfsizroq (garchi qulay bo‘lmasa-da) ekanligini yodda saqlang.
Eskirgan bo‘lishiga qaramay, parollash usuli yuz, iris va barmoq izi skanerlaridan afzal ko‘rilishiga bir qancha sabab bor.
Avvalo, kimningdir qurilmasini ochmoqchi bo‘lsangiz, ularga nisbatan kuch ishlatib, biometrik ma’lumotlar vositasida buni amalga oshirish PIN kod yoki parolni bilib olishdan ko‘ra osonroqdir. Ba’zan kuch ishlatish ham shart emas: telefon egasi uxlayotganda qurilmani uning yuziga tutsangiz, hammasi hal (Google Pixel 4'dagi muammo).
Masalaning qonunga aloqadorligi ham yo‘q emas. Ba’zi davlatlarning sudga oid qonunchiligiga ko‘ra, ayblanuvchini parolini aytishga majburlash mumkin emas, lekin telefon sensoriga barmog‘ingizni tekkizishga yoki qurilmaga qarashga majburlash mumkin emasligi bu qonunlarda ko‘rsatilmagan. Demak, biometrik ma’lumotlaringiz o‘zingizga qarshi ishlashi ham mumkin ekanda. To‘g‘ri, bunday vaziyatlar hozirda juda kamchilik bilan sodir bo‘lyapti, lekin baribir sodir bo‘lyapti.
Parol va kodlarni buzib o‘tish anchagina muammo tug‘diradi. Ba’zan buning uchun qimmat uskunalardan foydalanib, mohir xaker jon kuydirishiga to‘g‘ri keladi. Boshqa hollarda esa, egasining surati yoki oddiy silikon ekran qoplamasi qurilma himoyasini osongina “chuv tushirishi“ mumkin.
99% foydalanuvchilar barmoq izlari va yuz skaneri himoya uchun yetarli deb biladi. Chunki ko‘pchilik insonlar o‘zlarining xabarlari titkilanishi yoki barmoq izlari Facebook profillaridan o‘g‘irlanishi mumkinligidan xavotirlanmaydi. Barmoq izi/yuz skanerlarining anchayin takomillashgani ham ularning mu masalaga bee’tiborligini yanada kuchaytirib yubordi.

Barmoq izingiz yoki ko‘zingiz rangini o‘zgartira olasizmi?..
Hozirga kelib, bank hisob raqamlarimizni ochish, do‘konlarda to‘lovlarni amalga oshirish uchun yuz va barmoq izi ma’lumotlaridan foydalanamiz. Bu bizning raqamli identifikatsiyamizga aylanib ulgurdi. Bir necha yillardan so‘ng, smartfonlar ham virtual, ham haqiqiy dunyoda bizning shaxsiy identikifatsiyamizga aylanadi.
Parollarni almashtirish mumkinligi, ularning biometrik autentifikatsiya usullaridan yana bir katta afzalligidir. Xohlagan payt o‘z PIN kod yoki parolingizni o‘zgartirishingiz mumkin, lekin ko‘zingiz rangini yoki barmoq izlaringiznichi? Ularni qanday yangilaysiz?

Nima qilish mumkin?
Agar smartfoningiz xavfsizligidan xavotirda bo‘lsangiz, qurilmangizni himoya qilishning bir necha oddiy usullar mavjud:
•Xavfsiz autentifikatsiya usulini tanlang (PIN yoki parol), lekin dangasa bo‘lmang: qancha ko‘p elementdan foydalansangiz, shuncha xavfsizroq.
•Naqshli qulflardan saqlaning. Ular PIN kod yoki parolchalik ishonchli emas.
•Qurilma ma’lum hududda bo‘lganda yoki Bluetooth qurilmasi ulanganda qulfni ochib yuboruvchi Smart Lock'ka o‘xshash funksiyalarni o‘chiring.
•Yuz orqali qulfdan chiqarishning turli usullarini bir-biridana farqlang - yuzingizni skanerlashda lazer yoki infraqizil nurlardan foydalanuvchi usullar, old kameraga tayanadiganlariga qaraganda ancha xavfsizroqdir.
•Android Pie va undan keyingi versiyalarda mavjud bo‘lgan Lockdown rejimini yoqing. Bu rejim, PIN yoki paroldan tashqari boshqa barcha qulfni ochish usullarini o‘chirib qo‘yish imkoniyatini beradi.
•Telefoningizning o‘ziga xos xavfsizlik funksiyalari bilan tanishib chiqing. Ba’zi qurilmalar ma’lum ilovalar yoki kontentni ma’lum barmoq izi orqali yashirish kabi variantlarni taklif qiladi.
•Mijozlarini tizim va xavfsizlik yangilanishlari bilan muntazam ta’minlab turuvchi nufuzli kompaniyalar qurilmalarini sotib oling.
•Shuni bilingki, qurilmangizga masofadan buzib kirish ehtimoli qurilmaning o‘ziga egalik qilganda buzib kirish imkoniga qaraganda yuqoriroqdir.

Husan Qodirov tayyorladi.

O‘QING: Istalgan Android-smartfonning barmoq izi skaneriga tezkor funksiyalar qo‘shamiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!