Dota 2 bo‘yicha jahon chempionlarini Ilon Mask «sun’iy ong»i tor-mor etdi! (+videolar)

  •   DiMaX
  •  2494
  •  15.04.2019 14:31

Dota 2 bo‘yicha jahon chempionlarini Ilon Mask «sun’iy ong»i tor-mor etdi! (+videolar)

Ayrim futurologlar «sun’iy idrok» tizimlari o‘ta «aqllilashib», kelajakda «mashinalar isyoni»ni boshlashlaridan xavotir bildirishadi. Ammo insoniyat o‘z taqdiri bilan o‘ynashishda davom etmoqda – geymerlar kuni kecha «sun’iy ong» ishtirokida Dota 2 o‘yini bo‘yicha ikkinchi turnirni o‘tkazishdi.

O‘QING: Sun’iy va tabiiy aqllar bahsi

Quartz nashriga ko‘ra, o‘tgan shanba – 13 aprel kuni Dota 2 o‘yini bo‘yicha jahon chempionlari jamoasi «sun’iy idrok»ka qarshi jangga kirishishgan. Ularga qarshi Ilon Mask tayyorlagan Open AI Five mashinaviy ta’lim tizimi o‘ynagan.

Aytish kerakki, mazkur «sun’iy ong» tizimi avval – 2018 yilning avgust oyida ham oddiy o‘yinchilar bilan Dota 2 bo‘yicha kuch sinashgan va 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi. Buni qarangki, OG jamoasi bilan bo‘lgan kiberjangda u 2:0 natija bilan jahon chempionlarini mag‘lubiyatga uchratdi!

Mana, o‘sha kiberjangning birinchi matchi:

Open AI kompaniyasi vakili Greg Brokman so‘zlariga ko‘ra, «virtual kibersportchilar» keyingi 10 oylik simulyasiya davrida jami 45 yillik muddatli Dota 2 o‘yinini o‘ynab, mahoratini oshirgan.

O‘QING: Kompyuter insondan aqlli ekanini qachon isbotlagandi?

O‘yinning ikkinchi bosqichi:

Agarda siz ham Dota 2 o‘ynab turadigan bo‘lsangiz va o‘z kuchingizga ishonsangiz, «sun’iy ong»ga qarshi jangga kirishish uchun mana bu havola orqali ro‘yxatdan o‘tsangiz bo‘ladi. Bunda bittama-bitta olishish ham, klassik usulda – 5 kishilik jamoa tarzida kurashish ham mumkin.

O‘QING: Sun’iy ong: jilovni qo‘lga olishga hali ertami?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!