Dronlar insonga yordamchimi yoki..?

  •   Saroy
  •  1873
  •  23.08.2018 15:19

Dronlar insonga yordamchimi yoki..?

To‘rtinchi avgustda Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga qarshi dron orqaliga uyushtirilgan suiqasd,  bunday apparatlarning harbiy imkoniyatlari ham anchagina  ekanini ko‘rsatdi.

Dron universal askar

Duke Robotics Inc muhandislari o‘tgan yili o‘zlarining uchar qotilini namoyish qilgandi. Kvadrokopter TIKAD to‘y bazmlarini suratga ololmaydi yoki zo‘r selfi qilolmaydi, ammo dushmanga hech ikkilanmay  raketa otishi mumkin. Jangovar kallak va AGM-114 Hellfire lazerli nishonga olish tizimi  bilan jihozlangan  dron ikki kilometrlik masofadan turib og‘ir tankni portlata oladi.

O‘QING:Yergeodezkadastrga dronlarni olib kirish va foydalanishga ruxsat berildi. Qolganlarga - yo‘q

TIKAD qurol-aslahasi faqat tankni portlatish bilan cheklanib qolmaydi. Ular tezotar qurollar va snayper vintovkalari bilan ham zo‘r natija ko‘rsatishi mumkin. Ishlab chiqaruvchilar uchar askarni shunday tarzda konstruklashtirganki,  u  18 kilogrammgacha yukni ko‘tara oladi. Bu esa havoga oddiy vintovkadan tortib, og‘ir Barrett M82’ni ham ko‘tara oladi, deganidir.  Ammo, hozircha dron bunday qurollarning tepkisiga chiday olmayapti va shu bois uzoqqa otishning uddasidan chiqolmay turibdi. Snayper vintovkasidan otganidan keyin, apparat nishonga olishni yo‘qatadi va shu bilan ikkinchi marta otish imkoniyatidan ayriladi. Raketa otish qurilmasi esa bunday kamchilikdan holi, shu bois u kelgusida  TIKAD’ning asosiy qurollaridan bo‘lib qolishi kutilmoqda.

Tezuchar dron, uzoqqa otadigan qurol bilan o‘zidan iz ham qoldirmaydigan juda zo‘r qotilga aylanishi mumkin.  2015 yilda  Duke Robotics Inc. bilan Isroil  armiyasi o‘rtasida dronlar yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi.  TIKAD tizimini yaratuvchilarning asosiy  maqsadi dronlardan foydalanish yo‘li bilan askarlar hayotini saqlab qolishdir. Tayvan hukumati esa dronlar ko‘rsatayotgan imkoniyatlardan shu qadar ilhomlanib ketishdiki,  natijada muhandislarga o‘zlarining dronlarini yasashni buyurdi. Oral mamlakati armiyasining uchuvchisiz uchar qurilmalarini, T91 hujum vintovkasi  va uchta 40-millimetrli granatomyot bilan qurollantirmoqchi. Ammo bu ishning bir yomon tomoni mutaxassislarni havotirga solmoqda, ya’ni dronlar armiya «qo‘lidan chiqib ketishi mumkin». U terrorchilar changaliga borib tushsa, Venesuela hodisasiga o‘xshash hodisalarning biri bo‘lmasa, ikkinchisi yoki uchinchisi  juda achinarli tugashi mumkin.

Olov purkagich kvadrokoptyorlar

Xitoyning Sanyan shahri elektriklari dronlarning jangovar qobiliyatidan tinchlik maqsadida foydalanishni rejalashtirdi. Mahalliy kompaniya xodimlarini qo‘l bilan olov purkagich va DJI S1000+ bilan  ta’minladi. Maqsad, uchuvchisiz  uchar qurilma yordamida elektr uzatish simlarida yig‘ilib qolgan  chiqindilarni yoqiishni rejalashtirgan.

Elektr liniyalarni yelim paketlardan, choyshablar va boshqa chiqindilardan tozalash uchun kompaniya malakali mutaxassislarni taklif etmoqda. O‘zlarining teleskopik avtominoralari bilan kelgan mutaxassislar elektr simlarga yopishib qolgan chiqindilardan tozalaydi.

Hali voyaga yetmagan Ostin Xoyvut «dron-olov purkagich» dan qanday qilib samarali foydalanish mumkinligini namoyish qildi. Yosh muhandis  qo‘lbola dronga olovpurkagichni mahkamladi, maqsad kurka tanasini butunligicha qovurish edi. Unchalik sinalgan uslub emas, albatta. Jamoatchilik e’tiborini esa Youtube kanalida qo‘yilgan video o‘ziga qaratdi. Bundan avval ham ushbu muhandislarni politsiya ushlagan edi. O‘shanda ular dronga tupponchani mahkamlagan. Ammo ularga ayblov e’lon qilishmadi va mahalliy guruhni qo‘yib yuborishdi. Parvoz qiluvchi olov purkagichni hukuamat rad etdi, sabab esa o‘sha Ostin  3D-printerda ushbu apparatni qo‘lda yig‘ib chiqqani. Mazkur apparat olovpurkagichi bilan nafaqat  «tovuqcha»larni qovuradi, hatto uncha katta bo‘lmagan olomonga  ham olov purkashi mumkin. 

O‘QING:Josus-kaptarlar paydo bo‘ldi: harbiylarning uyqusi qochmoqda

Dronlar xuddi o‘tkir ustara kabi

Zamonaviy dronlar qanoti inson qo‘lini nafaqat tirnashi mumkin, hatto  o‘zini ham nimtalab tashlay oladi.

Youtube-kanali mualliflari NoodleTail kino suratga olishga qaror qildi. Oddiy hayotda finlandiyalik yigitlar kamxarjli kino suratga olardi, ammo bu safar rolik uchun  DJI S1000 kvadrokopterni elektrarra bilan qurolantirishga qaror qilishdi.

Ushbu xavfli konstruksiya uchun qishki o‘rmon tanlandi. Bu yerdi apparat bemalol daraxtlarni va qordan yasalgan odamning boshini kesishi mumkin edi. Ushbu video ikki yil davomida  Youtube kanalida uch million marotaba ko‘rildi. Hazil o‘z yo‘liga, lekin kvadrokopter haqiqatan ham usta o‘rmonkesar bo‘lib chiqdi.

Zamonaviy kvadrokopterlar 10 kilogrammgacha yukni ko‘tara oladi, Shu bois unga o‘tkir pichoqni o‘rnatish qiyichilik tug‘dirmaydi. Soatiga 130 km tezlikda aylanayotgan pichoq nishonni bir zumda nimtalab tashlashi mumkin. Xuddi samuraylarga o‘xshab, ularni  ham na ushlay olasiz, na qo‘lingizda tutib tura olasiz.

O‘QING:Uchuvchisiz uchar qurilma parvoz rekordini o‘rnatdi

Youtube-kanali mualliflaridan Mr. Steel unchalik katta bo‘lmagan pichoq yordamida kvadrokopter uchuvchi hanjarga aylanishini namoyish qildi. Shuni ham hisobga olish lozimki, blogerlar nisbatan qimmat bo‘lmagan cho‘ntak dronidan foydalanishdi. Professional poyga uchun yasalgan apparatlar esa tezligini soatiga 230 kilometrgacha oshira oladi. Oddiy pichoq bilan qurollangan ari kattaligidagi dron esa qo‘riqchilarga ham sezdirmay odam bo‘yniga xuddi zulukday yopishib olishi mumkin.

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!