Dronlardan foydalanmang – o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishingiz mumkin!

Dronlardan foydalanmang – o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishingiz mumkin!

Prezident tomonidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Qonunga ko‘ra dronlardan foydalanish taqiqlandi.

O‘QING: O‘zbekistonda drondan noqonuniy foydalanganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda

Jinoyat kodeksiga uchuvchisiz uchadigan apparatlar(dronlar va b.) ni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish uchun uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi kiritildi.

Mazkur harakatlar og‘irlashtiruvchi holatlarda sodir etilsa sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shuningdek, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini buzish ham jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar 6 oydan so‘ng kuchga kiradi.

O‘QING: Dronlar insonga yordamchimi yoki..?