Dronlarni urib tushiruvchi dron-kamikadze yaratildi!

  •   DiMaX
  •  1091
  •  08.05.2019 10:44

Dronlarni urib tushiruvchi dron-kamikadze yaratildi!

AerialX dastlab oddiy dronlar ishlab chiqara boshlagan edi, ammo bozorda raqobatchilar ko‘paygach, u o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi. Kanadadagi mazkur kompaniya endi kvadrokopterlarni yo‘q qiluvchi – kamikadze dron ishlab chiqdi.

O‘QING: XXI asr suiqasdi: «dron-qotil» davri boshlandimi?

Kompaniyaning bu boradagi birinchi ishlanmasi raketa va kvadrokopterning chatishmasiga o‘xshab ketadi. Dron-kamikadze havoda nishonni aniqlashga, uni ta’qib etishga va yo‘q qilishga mo‘ljallangan. Vazni bir kilogrammga yaqin bo‘lgan dron-kamikadze uchish tezligini naq 350 km/soatga yetkaza oladi. O‘z nishoniga shu tezlikda urilib, uni ishdan chiqaradi.

Mana, dron-kamikadze hujumi bunday ko‘rinishda bo‘ladi:

AerialX droni korpusida bir nechta kameradan iborat tizim mavjud bo‘lib, ular yordamida o‘z atrofini muntazam tarzda kuzatib boradi. Bu o‘z mo‘ljaliga urilishda trayektoriyani va tezlikni hisob-kitob qilish uchun kerak. Masalan, kichik dronlarga u ostidan hujum qiladi, katta kvadrokopterlarga esa ustidan zarba beradi.

Ishlab chiqaruvchi ushbu kamikadze dronini maxsus xizmatlarga, harbiylar va kvadrokopterlarga qarshi kurashuvchi boshqa tashkilotlarga yetkazib berishni ko‘zda tutgan. AerialX bu ishlanmasini bir necha yil mobaynida tayyorlagan va endi u ommaviy ishlab chiqarishga tayyor, endigi masala – buyurtmachilar topish.

O‘QING: Dronlardan foydalanmang – o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishingiz mumkin!