Drop-test videosi: Galaxy Note 20 Ultra mustahkamroqmi yoki iPhone 11 Pro Max?

  •   DiMaX
  •  2159
  •  25.08.2020 10:01

Drop-test videosi: Galaxy Note 20 Ultra mustahkamroqmi yoki iPhone 11 Pro Max?

PhoneBuff nomli YouTube-kanal mualliflari zamonamizdagi ikkita zo‘r smartfonning mustahkamligini sinab ko‘rishdi. Ular Galaxy Note 20 Ultra hamda iPhone 11 Pro Max flagmanlarining drop-testini o‘tkazib, videosini e’lon qilishdi.

O‘QING: Galaxy Note 20 Ultra kamerasi iPhone 11 Pro Max va boshqa Samsung flagmanlariga qarshi

Buning uchun sinovchilar har ikkala qurilmani turli tomoni bilan beton ustiga tashlab ko‘rishgan. Orqa paneli bilan tushganida Galaxy Note 20 Ultra yaxshi natija ko‘rsatgan: uning chekkalaridan biri sal darz ketgan, xolos. iPhone 11 Pro Max’ning esa orqa shishasi darzlar bilan to‘liq qoplangan.

Burchagi bilan betonga tashlash sinoviga har ikkala flagman yaxshi bardosh bergan – aytarli shikastlanmagan. Beton yuzaga displeyi bilan tushganida Samsung flagmani butun qolgan, kupertinoliklarning eng zo‘r ayfoni esa bunga chiday olmagan.

Eng qizig‘i bonus-test bo‘lib chiqdi: unda smartfonlarni taxminan 2 metrlik yuksaklikdan 10 marta tashlab ko‘rishgan. Bu sinovga iPhone 11 Pro Max bardosh bermagan: shisha qoplamasi sinib, uning ayrim qismlari ajralib ham tushgan. Kamerasi ham ishlamay qolgan, lekin displeyi ish qobiliyatini yo‘qotmagan.

Galaxy Note 20 Ultra esa umuman kutilmagan natija ko‘rsatgan: unda birorta ham chatnash kuzatilmagan! Ko‘rinib turibdiki, yangi avlod – Gorilla Glass Victus himoya shishasi chindan ham ancha mustahkam ekan!

O‘QING: Smartfonlar endi sinmaydigan bo‘ladi! (+video)

Drop-test jarayonini quyida tomosha qilamiz:

Xullasi kalom, mazkur sinovda Galaxy Note 20 Ultra flagmani 40 balldan 39 ball olib, rekord o‘rnatgan. iPhone 11 Pro Max bo‘lsa undan 9 ballga kam baholangan.

O‘QING: Galaxy Note 20’da allaqachon nuqson chiqa boshladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.