Dropbox’da PDF hujjatlarni iOS platformasida tahrir qilish mumkin bo‘ldi

Dropbox’da PDF hujjatlarni iOS platformasida tahrir qilish mumkin bo‘ldi

Elektron ma’lumotlarning onlayn omborxonasi, ya’ni Dropbox fayllarni saqlash xizmatining xabar berishicha, mijozlar endi PDF shaklidagi fayllarni iOS platformasidagi qurilmadan foydalangan holda, Dropbox sahifalarida tahrir qilishlari mumkin.

Modomiki Dropbox foydalanuvchisi ekansiz, iPhone yoki iPad qurilmangizga uning ilovasini yuklab, uning yordamida zarur PDF hujjatni oching. “Tahrir qilish” (Edit) tugmasini bosib, faylga kerakli o‘zgartirishlar, sharh va izohlar kiriting. O‘zgartirishlar hujjatda avtomatik ravishda saqlab boriladi. Shuningdek, profilingiz orqali Acrobat Reader ilovasining so‘nggi variantidan ham foydalanishingiz mumkin.

Ushbu xizmat  iOS platformasida Dropbox’ning Adobe kompaniyasi tomonidan joriy yilning aprel oyida ishga tushirilgan Document Cloud onlayn xizmati bilan uyg‘unlashuvining natijasidir.

Kompaniya tomonidan bir oy ilgari xuddi shu ilovaning kompyuter qurilmalariga mo‘ljallangan varianti taqdim qilingan edi. Ilovaning Android qurilmalariga mo‘ljallangan talqini kelasi yilda taqdim etiladi.

Dropbox bungacha elektron hujjatlarni tahrir qilish tizimini takomillashtirishda Microsoft kompaniyasi bilan Microsoft Office fayllarini tahrirlash ustida hamkorlik qilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!