Dropbox foydalanuvchilari bir necha yil oldin o‘chirilgan fayllarni aniqlashdi

Dropbox foydalanuvchilari bir necha yil oldin o‘chirilgan fayllarni aniqlashdi

Dropbox bulut xotiralar orasida eng ommabop servislardan hisoblanadi. Servisning ochilganiga 10 yildan oshdi. Dropbox tartib-qoidalariga ko‘ra foydalanuvchi tomonidan o‘chirilgan fayllarni servis bir oydan keyin serverdan butunlay yo‘q qilishni ko‘zda tutadi.

Foydalanuvchilar bundan bir necha yil oldin o‘chirilgan fayllarni yana qayta xizmatdagi papkalarida aniqlaganlaridan keyin o‘tgan hafta Dropbox forumida bu mavzu bo‘yicha juda qizg‘in muhokama boshlandi, deb xabar bermoqda IXBT nashri. Ba’zilar hatto bundan 7 yilcha avval o‘chirgan fayllariga duch kelishgan.

Garchi foydalanuvchilar Dropbox akkauntlar buzilganligini taxmin qilgan bo‘lsalar-da, servis ularni tinchlantirib, serverdagi xatolik tufayli fayllar butunlay o‘chmaganini tan olishgan va xatolik bartaraf etilganini ma’lum etishgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!