DS 3 Crossback E-Tense: fransuzlarning elektrokrossoveri namoyish etildi

  •   Saroy
  •  386
  •  14.09.2018 16:41

DS 3 Crossback E-Tense: fransuzlarning elektrokrossoveri namoyish etildi

Fransiyaning Peugeot Citroën avtokonserniga qarashli DS Automobiles kompaniyasi yangi elektrokrossover chiqardi. U  DS 3 Crossback E-Tense, deb ataladi. Elektrodvigatel versiyasidan tashqari, krossoverning motori dizel va benzinga yuradigan  variantlari ham ishlab chiqariladi.

DS 3 Crossback quvvati 136 ot kuchiga  teng elektrodvigatel bilan jihozlanadi. Bu 100 kVt. ga teng deganidir. Yuz kilometr tezlikka 8,7 soniyada chiqadi. Li-Ion akkumulyator yangi mashinaning poliga o‘rnatilgan. Uning sig‘imi 50 kVtch. Bu WLTP  standarti bo‘yicha 300 kilometr yoki NEDC standarti bo‘yicha 450 kilometrlik masofani bosib o‘tishga yetadi, deganidir.

O‘QING:Faqat «Tesla»mi? «Kalashnikov» ham superkar chiqarmoqchi

Quvvat olishi 11 vattlik stansiyalarda 5 soatga cho‘ziladi. Lekin istak bo‘lsa, 100 kVt bo‘lgan stansiyalarda tezroq quvvatlantirsa ham bo‘ladi. Mazkur rejimda yarim soatda akkumulyator  80 foizga quvvatlanadi. Shaharda yurganda elektrokar 20 foizgacha quvvatni qaytaradi, bu tormozlanish yoki qir yoki shunchaki tepalikdan tushish evaziga bo‘ladi.

O‘QING:General Motors 2023 yilgacha 20 xil yangi elektromobil ishlab chiqaradi

DS 3 Crossback E-Tense 2019 yilning ikkinchi yarmida sotuvga chiqariladi. Yangi elektrokrossoverning narxi haqida ma’lumot berilmagan.