DTM test natijasini onlayn ko‘rish yanada osonlashdi!

  •   DiMaX
  •  2006
  •  28.01.2021 14:50

DTM test natijasini onlayn ko‘rish yanada osonlashdi!

Davlat test markazining interaktiv xizmatlar portalida test natijalarini ko‘rish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyat yaratildi. Bu xususda Davlat test markazi xabar bermoqda.

O‘QING: Soxta abituriyentlar rasmlari va ma’lumotlarini DTM o‘z rasmiy Telegram-kanalida chiqardi!

Endilikda test sinovida ishtirok etgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingandan so‘ng my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetlariga kirmagan holda ham o‘z natijalarini bilishlari mumkin bo‘ladi.

Buning uchun mazkur saytdagi «Natijani ko‘rish» bo‘limiga test topshiriqlari kitobi raqami va sahifada keltirilgan arifmetik ifodaning qiymatini kiritish kifoya.

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etadi:

  • test topshirilgan fanlar;
  • har bir fan bo‘yicha test topshiriqlari soni;
  • har bir fan bo‘yicha to‘g‘ri javoblar soni;
  • har bir fan bo‘yicha umumiy to‘plangan ball;
  • har bir test topshirig‘iga to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javob berilganligi.

Ma’lumot uchun, diagnostik test sinovida ishtirok etgan talabgorlar ham o‘z natijalarini shu yerdan bilishlari mumkin.

O‘QING: Ish haqi summalari to‘g‘risidagi ma’lumotni endi tez va bepul – onlayn tarzda olishingiz mumkin

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!