Dubay, 5 dekabr: Nokia biryo‘la uchta smartfon taqdim etadi!

  •   DiMaX
  •  1365
  •  16.11.2018 09:45

Dubay, 5 dekabr: Nokia biryo‘la uchta smartfon taqdim etadi!

HMD Global kompaniyasi joriy yilning 5 dekabrida Dubayda maxsus tadbir o‘tkazadi. Reklama tasviriga ko‘ra, unda uchta modeldagi Nokia smartfonlari namoyish qilinadi.

O‘QING: Atigi 24 dollarlik, ammo quvvati naq uch haftaga yetuvchi Nokia 106 taqdim etildi!

Kuzatuvchilarning taxmin qilishlaricha, marosimda Nokia 8.1, Nokia 7.1 Plus hamda Nokia 2.1 Plus modellari ko‘rsatiladi. Bulardan birinchisi avvalroq taqdim etilgan Nokia X7 smartfonining xalqaro versiyasi bo‘lsa, qolgan ikkitasi chinakamiga yangi modellardir.

Kompaniyaning flagmani – Nokia 9 esa, kelasi yilning fevralidagina rasman namoyish qilinadi. Aftidan, uning namoyishi uchun alohida marosim uyushtirilsa kerak.

O‘QING: Nokia 9 Pureview besh modulli kamerasi sababli «Olimpik» deb ataladi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!