Dubayda dunyodagi ilk 3D bosma masjid quriladi

Dubayda dunyodagi ilk 3D bosma masjid quriladi

Birlashgan Arab Amirliklaridagi Dubay shahrining Islomiy Ishlar va Xayriya Ishlari Boshqarmasi dunyodagi ilk 3D bosma masjidning qurilishini e'lon qildi (IE orqali). 2025-yilda Bur Dubay tumanida qurib bitkazilishi kutilayotgan masjid maydoni 2000 kvadrat metrni tashkil qiladi va u 600 tagacha musilmonlar sig'dira oladi.

"3D bosib chiqarish texnologiyasidan foydalanish qurilish materiallarining isrof bo'lishini kamaytiradi. Bu atrof-muhitga do'stona. Masjid dono rahbariyatimizning qarashlarini ifodalaydi.", deydi IACAD muhandislik bo'limi direktori Al Shayboniy. "3D bosma masjid uni odatiy yo'l bilan qurishdan 30 foizga qimmatroq, chunki u bunday turdagi dunyodagi birinchi masjiddir. Biz undan 30 yillik qurilish kafolatini kutyapmiz.", deya qo'shimcha qildi u.

Ma'lum bo'lishicha, masjid konstruksiyasini 3D bosib chiqarishning o'zi uchun tahminan 4 oy kerak bo'ladi. Bunda soatiga ikki kvadrat metr 3D bosib chiqarilishi uchun uchta ishchi robot printer bilan ishlaydi. Masjidning 3D konstruksiyasi tayyor bo'lgach, uni kerakli narsalar bilan jihozlash va bezak ishlari uchun yana 12 oy sarflanadi.

O'QING: Google ishchilar sonini kamaytirmoqchi