Dubayda qo‘lga olingan Instagram yulduzining uyidan 37 million dollar pul va 13 ta lyuks avtomobil chiqdi

  •   DiMaX
  •  12535
  •  01.07.2020 14:46

Dubayda qo‘lga olingan Instagram yulduzining uyidan 37 million dollar pul va 13 ta lyuks avtomobil chiqdi

Raymond Abbos ismli 38 yoshli blogerning Instagram ijtimoiy tarmog‘ida 2,4 milliondan oshiq obunachisi bor. U shu paytgacha o‘zini muvaffaqiyatli binokor-biznesmen tarzida ko‘rsatib, ko‘pchilikni laqillatib kelgani aniqlandi.

O‘QING: Instagram’dagi yopiq profillarni ham ko‘rish yo‘li topildi!

Raymond Abbosni kuni kecha Dubayda politsiya qo‘lga olishdi – uni kiber-firibgarlikda hamda «pul yuvish»da ayblashmoqda. Gumonlanuvchi ko‘pdan beri turli banklar va katta kompaniyalarning feyk saytlarini yasab, ularning mijozlari kredit kartalaridan mablag‘larni o‘g‘irlab kelgan.

Xabarga ko‘ra, Abbosning uyidan 30 million funt sterlingdan (37 million AQSh dollaridan) oshiq miqdorda naqd pul chiqqan. Bugina emas, soxta biznesmen o‘z hovlisida 13 ta lyuks toifali avtomobil va ko‘plab boshqa qimmatbaho narsalar ham yashirib qo‘ygan ekan.

Tergov ishlari jarayonida Raymond Abbosning telefonlari, kompyuterlari hamda qattiq xotira disklarida salkam 2 million nafar qurbonlarning elektron pochta manzillari mavjudligi aniqlangan. Uning ustidan ochilgan jinoyat ishi hali davom etmoqda.

O‘QING: Selena Gomesni ham ortda qoldirgan Instagram yulduzi kim bo‘ldi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!