Dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan 10 smartfon (2020 yilning 1-yarmi)

  •   DiMaX
  •  4575
  •  05.09.2020 10:30

Dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan 10 smartfon (2020 yilning 1-yarmi)

Kuni kecha AnTuTu benchmarkining avgust holatiga ko‘ra kuchli flagmanlar ro‘yxatini, shuningdek, o‘rta narxli o‘nta eng zo‘r smartfon reytingini chiqargan edik. Bulardan tashqari, Master Lu servisi umuman o‘zgacha reytingni e’lon qilgan...

O‘QING: Master Lu reytingida Galaxy Note 20 Ultra arzon smartfonlarga ham yengildi, g‘olib esa Xitoydan!

Omdia tahlil kompaniyasi esa joriy yilning birinchi yarmida eng ko‘p sotilgan smartfonlar yuzasidan hisobot e’lon qildi. Unda birinchi o‘rinni juda katta farq bilan iPhone 11 modeli egalladi. U hatto o‘tgan yilgi iPhone XR smartfonining yutug‘idan ham oshiq natija ko‘rsatdi.

Ko‘rib turganingizdek, yilning ilk yarmida jahonda 37,7 millionta iPhone 11 sotilgan. Bu esa keyingi uchta o‘rinni egallagan Samsung Galaxy A51 (11,4 mln), Redmi Note 8 (11 mln) hamda Redmi Note 8 Pro (10,2 mln) sotuvlarining umumiy yig‘indisidan ham ko‘p miqdor!

Umuman, top-o‘ntalikning naq yarmini Apple smartfonlari, to‘rttasini esa Xiaomi kompaniyasining Redmi brendi vakillari zabt etgan. Samsung korporatsiyasining faqat shu Galaxy A51 modeli ro‘yxatga kirgan, boshqa kompaniyalarning smartfonlariga esa bu o‘ntalikdan joy yetishmagan.

O‘QING: Galaxy A42 5G anboksing videosi: Samsung’ning eng arzon 5G-smartfoni boshqalarnikidan ikki karra qimmat ekan!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!